Namangan viloyatida 1,5 mlrd sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona foş etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Namangan viloyatining Töraqörğon tumanida ötkazilgan nazorat tadbirida “O. O.” oilaviy korxonasiga qaraşli beton-ğişt işlab çiqariş tsexida şartnomasiz, özboşimçalik bilan tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Uşbu qoidabuzarlik natijasida, elektr taʼminoti korxonasiga 1 milliard 558 million sömlik zarar yetkazilganligi maʼlum bölgan.









