Namangan va Toşkentda 3,4 mlrd sömlik energiya öğirligi foş etildi

Namangan va Toşkentda 3,4 mlrd sömlik energiya öğirligi foş etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Toşkent va Namangan viloyatlarida 3,4 mlrd sömlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Böstonliq tumani bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Tadbirda fuqarolar D.A. va U.B. “Beş tut” MFY hududidagi dala hovlida tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga töğridan-töğri ulanib, 2 mlrd sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Şuningdek, Departamentning Yangiqörğon tumani bölimi va “Özenergoinspeksiya”ning Namangan viloyati hududiy boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. “Yuqori Qorayantoq” MFY hududidagi boğida umumiy foydalanişdagi gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan töğridan-töğri ulanib, 1,4 mlrd sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Teglar:
×