Bir haftada qariyb 40 mlrd sömlik energoresurs öğirlandi

Bir haftada qariyb 40 mlrd sömlik energoresurs öğirlandi

Sönggi bir haftada energiya resurslaridan noqonuniy foydalanişlar oqibatida tizimga 37,9 mlrd söm zarar yetkazildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, “Özenergoinspektsiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar va elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda sönggi bir haftada ötkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolçilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 92 ta holat aniqlangan.

Bunda 15,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (32,4 mlrd söm) va 1,8 mln metr kub tabiiy gaz (5,4 mlrd söm) talon-toroj qilinişi oqibatida jami 37 mlrd 921 mln söm zarar qayta hisob-kitob qilingan.

Bildirilişiça, isteʼmolçilar tomonidan energiya resurslaridan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq huquqbuzarlik böyiça 126 ta maʼmuriy iş rasmiylaştirilgan. Qoidabuzar isteʼmolçilarga nisbatan belgilangan tartibda çoralar körilib, tegişli hujjatlar huquqni muhofaza etuvçi organlarga taqdim qilingan.


×