Apple kompaniyasi Mac va iPhone qurilmalari uçun xavfli zaiflikni bartaraf etuvçi yangi dasturiy taʼminot yangilanişini çiqardi. Bu haqda MacRumors portali xabar berdi.
Iyul oyi oxirida çiqarilgan iOS 18.6 va macOS Sequoia 15.6 versiyalarida CVE-2025-6558 nomli jiddiy zaiflik bartaraf etildi. Mazkur zaiflik xakerlarga Chrome brauzerining xavfsizlik devorlarini aylanib ötib, “qumloq maydon” (sanbox) taşqarisida ixtiyoriy kodni bajariş imkonini bergan.
Zaiflik Safari brauzerining asosi bölgan WebKit “dvijoki”ga ham taʼsir qilgan. Bu esa zararli veb-kontentni qayta işlaşda tizim xatoliklariga olib kelişi mumkin.
Xabarlarga köra, Google bu zaiflikni joriy yilning 15 iyul kuni Chrome brauzerida bartaraf etgan. Biroq zaiflik Apple operatsion tizimi komponentlariga çuqur integratsiyalaşgani sababli iPhone va Mac uçun alohida tizim yangilanişi talab etilgan.
Hozirça uşbu ekspluatatsiyaning (zaiflikdan foydalaniş usuli) texnik tafsilotlari oşkor etilmagan. Maʼlumki, zaiflik haqiqiy kiberhujumlarda allaqaçon işlatilmoqda, şu sababli Google aksariyat foydalanuvçilar “himoya yamoqlari”ni örnatmagunça tafsilotlarni eʼlon qilmasligini bildirgan.









