Turkiya va Pokiston zudlik bilan Saudiyada harbiy kuçlarini joylaştiradi

Turkiya va Pokiston zudlik bilan Saudiyada harbiy kuçlarini joylaştiradi

Anqara va Islomobod Makka pakti doirasida Saudiya Arabistonida harbiy kontingentlarini joylaştiradi. Tomonlar ittifoqçilik majburiyatlarini amaliy bajarişga zudlik bilan ötadi. Bunday qaror keça, 5 oktyabr kuni alyansning Strategik siyosiy-mudofaa qömitasi tomonidan Ar-Riyoddagi şoşilinç uçraşuvda qabul qilindi. Bu haqda Turkiya Taşqi işlar vazirligi qöşma bayonot eʼlon qildi.

“Qömita jamoaviy mudofaa sohasidagi majburiyatlarni amalga oşirişga zudlik bilan kirişiş va kelişilgan qurolli kuçlar hamda harbiy salohiyatni taqdim etiş böyiça zarur çoralarni köriş, şuningdek, tasdiqlangan kelişuvlar va tomonlarning milliy qonunçiligiga muvofiq ularni podşohlik hududida tezkor joylaştirişni taʼminlaş töğrisida qaror qabul qildi. Bu bilan jangovar şaylik oşiriladi, harbiy integratsiya çuqurlaştiriladi va tahdidlarga qarşi turiş hamda ularni qaytariş böyiça jamoaviy salohiyat mustahkamlanadi”, deyiladi bayonotda. 

Uçraşuv Yamandagi vaziyat keskinlaşgani sababli şoşilinç ravişda çaqirilgan. Ar-Riyoddagi yiğilişda Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidanning jurnalistlarga maʼlum qilişiça, iştirokçilar Saudiya Arabistoniga aynan qanday yordam berilişini batafsil muhokama qilgan. 


×