AQŞ Davlat departamenti Yaqin Şarqdagi Eronga qöşni bölgan 16 ta davlatni amerikaliklar darhol tark etişini çaqirdi. Bu haqda davlat kotibining konsullik masalalari böyiça yordamçisi Mora Namdar maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, departament xavfsizlik bilan boğliq jiddiy xatarlar mavjudligidan ogohlantirgan.
“AQŞ Davlat kotibi Mark Rubio va Davlat departamenti amerikaliklarni quyida sanab ötilgan mamlakatlarni xavfsizlikka oid jiddiy xatarlar tufayli mavjud barça tijorat transport vositalaridan foydalangan holda zudlik bilan tark etişga çaqirmoqda”, deb yozgan Mora Namdar.
Röyxatga quyidagi davlat va hududlar kiritilgan: Bahrayn, Mirs, Eron, Iroq, Isroil, Ğarbiy Sohil va Ğazo sektori, Iordaniya, Quvayt, Livan, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni, Suriya, BAA va Yaman.
AQŞ–Isroil–Eron uruşi
Keça, 28 fevral kuni Isroil kutilmagan vaqtda Eronga qarata havodan zarbalar yölladi. Uşbu zarbalar Eronning muhim obʼektlari – Prezident qarorgohi, davlat idoralari va yadro inşootlariga tekkani iddao qilinmoqda. Eronning “Mehr” axborot agentligi Tehrondagi Eron razvedka binosiga ham hujum qilinganini yozgan. Isroil tomonidan start berilgan operatsiya “Yehuda qalqoni” deb nomlangan. Dastlabki manbalarga köra, Eronga öttizdan ortiq raketalar yöllangan bölişi mumkin.
Oradan biroz vaqt ötib Isroil Mudofaa kuçlari Eronga hujumni rasman tasdiqlagan. Şuningdek, Mudofaa vazirligi Isroil fuqarolaridan xavfsiz joyga yaşirinişni söragan. Mamlakatda şoşilinç ravişda favqulodda holat eʼlon qilingan.
Şu orada AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron böyiça operatsiyalar haqida 8 daqiqalik bayonot bergan va unda Eronga qilingan hujumda AQŞning iştirok etganini tasdiqlagan. Uning qayd etişiça, Eronga qilingan harbiy opreatsiyalar Amerika xalqini himoya qiliş uçun amalga oşirilmoqda. U öz bayonotida eronliklarni amaldagi tuzumni ağdarişga çaqirgan. Tramp Eron harbiy xizmatçilariga taslim bölişni va buning evaziga «immunitet» olişni taklif qildi yoki “muqarrar ölim”ni tanlaşlari mumkinligini aytgan.
Qolaversa, barça voqealarni bir çetdan kuzatib turgan Eron sobiq valiahd şahzodasi Rizo Pahlaviy ham Eron xalqiga murojaat qilib, mamlakat uçun hal qiluvçi lahzalar kelganini taʼkidlagan. Şuningdek, u bu sönggi jang ekanini va unda Eron xalqi Islom Respublikasi tuzumi ustidan ğalaba qozonişini taʼkidlagan.
Oradan köp vaqt ötmay endi Eron Isroil davlati hududiga qarata zarba yöllaşni boşladi.
Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu ham hujumlarni tasdiqlab, bayonot bergan. Unga köra, Isroil va AQŞning Eronga qarşi qöşma operatsiyasi Eron terror rejimi keltirib çiqarayotgan tahdidni bartaraf etişga qaratilgan. Netanyaxu maxsus murojaatida sönggi 47 yil davomida Eron rahbariyati Isroil va AQŞga qarşi oçiq tahdidlar qilgan hamda mintaqada zöravonlik siyosatini yuritganini aytgan.
Eron davlat televideniyesi Xomanaiy Isroil va AQŞ tomonidan öldirilganini xabar qilgan edi. Eronning “Tasnim” axborot agentligi maʼlumotlariga köra, u keça, 28 fevral kuni ertalab öz işxonasida öldirilgan. Oyatullohning vafoti munosabati bilan mamlakat böylab 40 kunlik umumxalq motami va 7 kunlik umumxalq dam oliş kunlari eʼlon qilindi.









