Marsda ulkan daryolarning izlari aniqlandi. Ularning umumiy uzunligi 15 ming kilometrni taşkil etadi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Qirollik astronomiya jamiyati xabar berdi.
Jamiyat maʼlumotlariga köra, olimlar Mars geografiyasi haqida yangi maʼlumotlarni taqdim etib, Qizil sayyoraga oid ilgari şakllangan tasavvurlarni butkul özgartirmoqda. Maʼlum bölişiça, sayyora ötmişda ulkan daryolarga ega bölgan.
Joriy yilda Buyuk Britaniyaning Darem şahrida ötkazilgan Milliy astronomik konferentsiya iştirokçilari Mars janubiy yassitoğligida qadimgi daryolar oqib ötgan köplab izlar aniqlanganini maʼlum qildi. Bu esa sayyorada ilgari öylanganidan ança köp suv manbalari bölganini körsatmoqda.
Mars orbitasidagi apparatlar tomonidan yuqori aniqlikda olingan notekis relef tasvirlarida tadqiqotçilar qadimgi daryo tizimlarining geologik izlarini topgan. Olimlar taxminiga köra, bu daryo izlarining yoşi 3 milliard yildan ortiq. Baʼzilarining uzunligi nisbatan qisqa bölsa-da, boşqalari 200 kilometrgaça çözilgan butun bir tarmoqni hosil qilgan. Tadqiqotçilarning fikriça, bu daryolar suvga töyingan bölgan va muntazam yomğir yoki qor yoğişi hisobiga tölib turgan bölişi mumkin.
Marsda suv izlari ilgari ham topilgan, biroq Nuh yeri deb ataluvçi janubiy yassitoğlikda emas. Uzoq vaqt davomida bu hududda suv havzalari bölmagan, deb hisoblangan. Biroq Marsning qadimgi iqlimi böyiça kompyuter modellariga köra, aynan şu hududda kuçli yomğir va qor yoğinlari kuzatilgan bölib, suv oqimi relefni şakllantirgan.









