Xitoydagi Siçuan provintsiyasida paleontologlar 200 million yillik dinozavr izlarini topdi. Bu haqda “Global Times” xabar berdi.
Tadqiqotçilar qoya devorida 20 dan ortiq dinozavr izlarini körgan, ularning haqiqiyligi Xitoy Geologiya fanlari universiteti dotsenti Sin Lida boşçiligidagi ilmiy guruh tomonidan tasdiqlangan.
Topilmalar orasida turli ölçamdagi teropod izlari – yirtqiç dinozavrlar qoldirgan izlar hamda inson qöliga öxşaş xiroteriy tipidagi izlar bor.
Bunday izlar dastlabki arxozavr-reptiliyalar tomonidan qoldirilgani aytiladi. Olimlarning aytişiça, kamida törtta qatlamda izlar saqlanib qolgan. Bu esa dinozavrlar uşbu hududda uzoq vaqt davomida yaşaganini anglatadi.
Topilgan izlar yonidan yoğoç qoldiqlari, qulab tuşgan daraxt tanalari aniqlangan. Bu topilmalar 200 million yil avvalgi ekotizim haqida yanada batafsil tasavvur berişga kömaklaşadi.
Siçuan provintsiyasidagi Dinozavrlar muzeyi tadqiqotçisi Tsyan Şanning taʼkidlaşiça, qoya devorida topilgan izlar Xitoyda dinozavrlarning dastlabki evolyutsiya tarixini yaxşiroq tuşunişga yordam beradi.









