Çodakda 12,2 km uzunlikdagi magistral suv tarmoği tortilmoqda

Çodakda 12,2 km uzunlikdagi magistral suv tarmoği tortilmoqda

Tarixi yaqin 4,5 ming yilga borib taqaladigan Çodak özining betakror tabiati, qiru toğlari, soyu jilğalari bilan azaldan köplab sayyohlarni öziga tortib kelgan.

Sönggi yillarda qişloqning turizm salohiyatini yanada rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda va öz navbatida bu yerga taşrif buyuruvçi sayyohlarni boşqa köplab qulayliklar qatorida içimlik suvi bilan taʼminlaş ham bugungi kunning dolzarb masalasi ekanini yanada yaqqolroq anglaşiladi.

Ayni şu jihatni inobatga olgan holda va qişloq aholisiga qulayliklar yaratiş maqsadida Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi mutasaddilari hududdagi suv taʼminotini yaxşilaş işlarini jadallaştirişga alohida eʼtibor qaratişmoqda. Bu haqda vazirlikning matbuot kotibi xabar berdi.

Viloyat markazidan  125-130 km uzoqlikdagi Çodak qişloğida jami 5 223 ta xonadon, 6 917 ta oila mavjud bölib, ularda qariyb 32 ming nafar aholi istiqomat qilişiga qaramay, sönggi yillarda hudud aholisini  içimlik suvi bilan taʼminlaş darajasi past bölib kelgan.

Uy-joy kommunal vazirligi mutasaddilari ayni damda uşbu muammoni joyida örganmoqdalar. Muammoning  yeçimi, unga sarflanadigan moddiy taʼminot, aholining içimlik suviga bölgan ehtiyojini qondiriş çora-tadbirlari özaro muhokama qilindi.

Vaziyatni örganiş asnosida mutaxassislar jami 3 ta, yaʼni suv töplanadigan, suvni filtrlaydigan hamda  turli  tozalaş jarayonidan ötkazadigan obʼektlarni közdan keçirdilar. Mahalliy mutaxassislarning taʼkidlaşiça, bundagi asosiy muammo Çodak suv inşootida suvning yöqligi  bilan boğliqdir.

Maʼlum bölişiça, 2020-2021 yil davomida Investitsiya dasturi doirasida “Çodak-1” va “Çodak-2” inşootlari orqali aholini içimlik suvi bilan taʼminlaş maqsadida 8,0 mlrd söm evaziga, 12,2 km (7,2 km D-400, 5 km D-200) magistral tarmoq tortiş rejalaştirilgan va ayni kunlarda bu boradagi işlar qizğin davom ettirilmoqda.

Hozirgi kunga qadar pudrat taşkiloti tomonidan 10,1 km magistral tarmoq tortiş işlari yakunlangan. Uşbu MFYlarni içimlik suv taʼminotini yaxşilaş uçun dastlabki hisob-kitoblarga köra jami 9899 mln. söm, jumladan 12,2 km yaroqsiz holdagi içimlik suvi tarmoqlarini töliq rekonstruktsiya qiliş hamda suv inşootlariga zararsizlantiriş uskunalarini örnatiş uçun 5229 mln. söm,  5060 ta xonadonlarni içimlik suvi tarmoğiga ulaş uçun 7 km uzunlikdagi içki içimlik suv tarmoqlari tortişga 3170 mln. söm, “Örta Xonobod” suv töplaş inşootiga qöşimça ravişda hajmi 500 m3 bölgan 2 ta toza suv saqlaş xovuzi va filtr stantsiyasi quriş uçun 1500,0 mln. söm mablağ sarflanişi közda tutilgan. Natijada Çodak qişloğida yaşovçi 32169 nafar aholining 27344 nafari (85 foizi) içimlik suvi bilan taminlanadi.

Maʼlumot örnida, bugungi kunda Çodak qişloğining 7 ming aholisigina içimlik suvi bilan taʼminlangan. Bu umumiy körsatkiçning 24 % ni körsatadi xolos.

×