Özbekistonda 2030 yilgaça 5 ming kilometr elektr tarmoği quriladi

Özbekistonda 2030 yilgaça 5 ming kilometr elektr tarmoği quriladi

Özbekistonda 2030 yilgaça 5 ming kilometr tarmoq va 16 ta yirik podstantsiya quriş, energiya saqlaş quvvatlarini 4,5 gigavattga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda bugun, 16 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev yoqilği-energetika sohasidagi investorlar bilan ötkazilayotgan oçiq muloqotda söz oçdi.

Qayd etilişiça, sönggi beş yilda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilişga 2 milliard dollardan ziyod yönaltirilgan. Navbatdagi katta vazifa tarmoqlarni yangilaş va energiya saqlaş tizimlarini rivojlantiriş.

2030 yilgaça 5 ming kilometr tarmoq va 16 ta yirik podstantsiya quriş, energiya saqlaş quvvatlarini 4,5 gigavattga yetkaziş rejalaştirilgan. Loyihalarning katta qismi Qoraqalpoğiston, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Namangan, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlariga töğri keladi.


Bundan buyon ustuvorlik generatsiya, saqlaş va tarmoqlarni birgalikda qamrab oladigan kompleks loyihalarga beriladi. Uzoq muddatli energiya saqlaş uçun gidroakkumulyatsiya stantsiyalarini qurişda ham investorlar bilan hamkorlik qiliş rejalaştirilmoqda.

Özbekiston energetikada içki bozor bilan çeklanmaydi. Ozarbayjon va Qozoğiston bilan Kaspiy orqali “yaşil” energiyani Yevropaga yetkaziş loyihasi amaliy bosqiçga ötmoqda. Afğoniston va Janubiy Osiyo bozorlari ham istiqbolli yönalişlar sifatida belgilangan.


Teglar:
×