Marsda ilk bor murakkab organik birikmalar aniqlandi

Marsda ilk bor murakkab organik birikmalar aniqlandi

NASA’ning “Perseverance” marsoxodi taxminan 3,7 milliard yil avval mavjud bölgan qadimgi köl hududi – Yezero krateridagi jinslarda makromolekulyar uglerodni aniqladi. Bu Mars yuzasiga eng yaqin masofada qayd etilgan organik modda topilmasidir. Bu haqdagi tadqiqot işi “Science Advances” (SA) jurnalida eʼlon qilindi.

Qayd etilişiça, olimlar Neretva Vallis daryo kanalidagi “Brayt-Eyndjel” oçilib qolgan jinslarini tadqiq qiliş uçun marsoxod bortidagi SHERLOC asbobidan foydalangan. Örganilgan jinslardan biri – qoplon terisini eslatuvçi doğli naqşlarga ega maşhur “Şayava Fols” mergel toşidir. Aynan mana şu doğlar avvalroq uning biologik kelib çiqişi mumkinligi haqidagi bahs-munozaralarga sabab bölgan edi.

“Işlov berilmagan toğ jinsi yuzasida makromolekulyar uglerodning topilişi Mars yuzasidagi eng yuza qatlamda joylaşgan organik topilma hisoblanadi. Bu organik moddalar nisbatan yaqinda oçilib qolganidan yoki fotohimoya xususiyatiga ega minerallar tomonidan saqlab turilganidan dalolat beradi”, deydi NASA Reaktiv harakatlaniş laboratoriyasi astrobiologi Kayl Uskert.

Uglerodning spektral xususiyatlari ham abiotik manbalar – meteoritlar va gidrotermal jinslarga, ham biotik manbalarga, jumladan, mikrob matlari va toşkömirga mos keladi.

“Biz uşbu maʼlumotlardan topilgan uglerodni biror bir aniq manbaga boğlaş uçun foydalana olmaymiz, şu bolatdan biologik sintez istisno etilmaydi”, deya aniqlik kiritgan Sayyoraşunoslik instituti geologi Eşli Merfi.

Uşbu birikmalarning kelib çiqiş sirini faqatgina Mars namunalari Yerga olib kelinganidan keyin, laboratoriya şaroitida töliq oçiş mumkin böladi.


Teglar:
×