Rossiyada yöqolgan samolyotning qoldiqlari topildi

Rossiyada yöqolgan samolyotning qoldiqlari topildi

Bugun, 24 iyul kuni tongda Rossiyaning Amur viloyatida bedarak yöqolgan “Angara” aviakompaniyasiga tegişli An-24 yölovçi samolyotining yonayotgan fuzelyaji Tinda şahri yaqinida, toğ yonbağrida topildi. Bu haqda qutqaruv xizmatidagi manbasiga tayanib, “Kommersantʼ” xabar berdi.

Mi-8 vertolyoti tomonidan aniqlangan samolyot parçalari Tindadan 15 km uzoqlikda joylaşgan. Ayni vaqtda yölovçilar taqdiri haqida rasmiy maʼlumot mavjud emas.

Maʼlumotlarga köra, samolyot Xabarovsk-Blagoveşensk-Tinda yönalişi böyiça parvoz qilayotgan bölib, bortda 43 nafar yölovçi va 6 nafar ekipaj aʼzosi, jami 49 kişi bölgan.

Hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qömitasi Jinoyat kodeksining 263-moddasi 3-qism 1-bandiga (uçiş xavfsizligi qoidalarini buziş, uç yoki undan ortiq kişining halok bölişiga olib kelgan holat) asosan jinoyat işi qözğatgan. 


Teglar:
×