Norin tumani hududida joylaşgan Uçtepa-2 arxeologiya obʼektini oçiq osmon ostidagi muzeyga aylantiriş böyiça taklif Vazirlar Mahkamasiga kiritilişi rejalaştirilmoqda. Uşbu obʼekt akademik Ahmadali Asqarov tomonidan oçib örganilgan va bir qator tadqiqotlar ötkazilgan. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadqiqotlarga köra, Uçtepa-2 örnida qadimgi Xaylam şahri otaşparastlar ibodatxonasi joylaşgani aniqlangan. Ibodatxona milodiy VII-VIII asrlarga qadar mavjud bölgan. Qazişma işlari vaqtida rohib va rohibalarga tegişli suyak qoldiqlari, 50 dan ortiq öçoq izlari hamda sopol idiş siniqlari topilgan.
Uçtepa-2 da ötkazilgan arxeologik tadqiqotlar ibodatxona yonğin natijasida vayron bölganini körsatgan. Ruhoniylarga tegişli ekani taxmin qilinayotgan jasad qoldiqlaridan esa ötkir tiğli qurol bilan yetkazilgan zarba izlari topilgan. Uşbu topilmalar va yonğin izlari ibodatxonada jang olib borilganidan dalolat beradi.

Mazkur tarixiy obʼekt Innovatsion rivojlaniş vazirligi bilan hamkorlikda konservatsiya qilingan.
Turizm va Madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov taşabbusi bilan Uçtepa-2 arxeologiya obʼektining devor va tom qismlarini issiq va sovuqdan saqlaş uçun izolyasiya işlari amalga oşirilişi va obʼektda doimiy bir xil haroratni saqlaş maqsadida sovutiş hamda isitiş uskunasi örnatiş çoralari körilmoqda.









