Atlantika okeanida çökkan «Titanik» layneri tomon şönğiş vaqtida yöqolib qolgan «Titan» batiskafi qoldiqlari aniqlandi. Bortda bölgan beş kişining barçasi halok bölgan. AQŞ harbiy-dengiz floti batiskaf yöqolgan hududda portlaşni qayd etgan.
AQŞ Sohil qöriqlaş xizmati xabariga köra, Kanadaning Horizon Arctic kemasi tomonidan suvga tuşirilgan Odysseus suvosti apparati 3800 metr çuqurlikda yotgan «Titanik» burnidan taxminan 500 metr masofada (1600 fut) batiskafning quyruq konusini, şuningdek korpusning boşqa qismlarini topgan.
Parçalarning holati halokatli vayrongarçilikdan darak bermoqda, ammo uning sababi nomaʼlum. Şuningdek, qurbonlarning jasadlarini topiş mumkinligi ham aniq emas.
«Bu nihoyatda oğir şaroit», – deya maʼlum qildi Bostondagi matbuot anjumanida AQŞ Sohil qöriqlaş xizmati kontr-admirali Jon Moger.
«Titan»ga egalik qilgan OceanGate kompaniyasi ham ekipaj halok bölganini tan olib bayonot bergan.
«Bu odamlar öziga xos sarguzaştlar ruhi hamda jahon okeanlarini örganiş va himoya qilişga bölgan çuqur iştiyoq birlaştirgan haqiqiy tadqiqotçilar edi», – deyilgan bayonotda.
Wall Street Journal rasmiy manbaga asoslanib xabar berişiça, AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining duşman suvosti kemalarini qidirişga möljallangan maxfiy akustik aniqlaş tizimi batiskaf suvga şönğişni boşlaganidan bir neça soat ötganidan keyin submarina portlaşini qayd etgan.
«AQŞ harbiy-dengiz kuçlari akustik maʼlumotlarni tahlil qildi va aloqa uzilgan paytda «Titan» suvosti apparati işlayotgan joyga yaqin nuqtada portlaş bilan boğliq anomaliyani aniqladi», — degan WSJ muxbiriga AQŞ dengiz floti vakili.
AQŞ mudofaa vazirligidagi manbaga köra, «Titan» Polar Prince bilan aloqani yöqotgan vaqtda harbiy-dengiz floti avariya hududini eşita boşlagan. Köp ötmay akustik tizim keyinçalik suvosti bölaklari topilgan hududda ikkita portlaş ovozini yozib olgan.
Qutqaruv amaliyotining kosmosdan körinişi
Polar Prince tadqiqot kemasi «Titan»ni 110 yil muqaddam «Titanik» kemasi çökib ketgan joyga yakşanbaga ötar keçasi olib borgandi.
Batiskaf tongda şönğişni boşlaydi, ammo suv yuzasidagilar missiya boşlanganidan 1 soat-u 45 daqiqa ötib u bilan aloqani yöqotadi.
Polar Prince ekipaji «Titan» bilan aloqa uzilib qolgani haqida AQŞ Sohil qöriqlaş xizmatini darhol xabardor qilmaydi: ularga taxminan sakkiz soat ötib xabar beriladi. Şundan keyin idoraning Bostondagi qömondonlik markazida qidiruv amaliyotini muvofiqlaştiriş boşlanadi, unda bir neça mamlakat vakillari iştirok etadi.
Avvaliga batiskafni exolotlar (dengiz çuqurligini elektr akustik usul bilan ölçovçi asbob) bilan qidirişni boşlaşadi, keyin esa voqea joyiga katta çuqurlikda işlay oluvçi boşqaruvçisiz suvosti apparatlarini keltirişadi.
Sohil qöriqlaş xizmati C-130 Hercules rusumli ikkita samolyotni suvosti apparatini suv yuzasidan qidiriş uçun yuboradi, ularga Kanadaning suvosti sonarlari bilan jihozlangan C-130 va P8 samolyotlari qöşiladi.
Hududga gidroakustik buylar (suvosti kemalari signallarini uşlovçi suzgiçlar) joylaştirildi.
Payşanba kuni batiskafni qidiriş işlari hal qiluvçi bosqiçga kirdi, bu vaqtda bortdagi kislorod zaxirasi tugayotgandi.
AQŞ Sohil qöriqlaş xizmati qutqaruv amaliyoti kölamini kengaytirib, qidiriş işlariga yana 10 ta kema va bir qança suvosti qayiqlarini qöşadi.
Avvalroq exolotlar suvosti şovqinlari kelayotgan bir neça nuqtani qayd etişgandi, ammo bu joylardan birortasidan batiskaf topilmadi. Şunga qaramay, qidiruv amaliyoti iştirokçilari şovqinlar qayd etilgan hududlarda saʼy-harakatlarni kuçaytirişgandi.
Suv tubida batiskaf qismlari ekani taxmin qilingan parçalar topilgaç, qidiruv amaliyotini töxtatiş işlari boşlandi.
«Titan» bortida beş kişi, jumladan OceanGate asosçisi Stokton Raş bor edi. Uning rafiqasining ajdodlari «Titanik»da halok bölişgan

Batiskaf bortida bölganlar:
- 58 yoşli britaniyalik biznesmen va Action Group kompaniyasi asosçisi Hemiş Harding
- 48 yoşli pokistonlik biznesmen Şahzoda Dovud va uning 19 yoşli öğli Sulaymon
- 61 yoşli Stokton Raş — OceanGate kompaniyasi asosçisi
- 77 yoşli frantsuz tadqiqotçisi Pol-Anri Narjole.
Hemiş Harding — britaniyalik milliarder, qarorgohi BAAda joylaşgan, aviatexnikalar sotuvi va ekspluatatsiyasi bilan şuğullanuvçi Action Aviation kompaniyasi asosçisi. Harding Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan uçta yutuqqa erişgan. 2021 yilda u ikki örinli batiskafda Mariana botiğiga tuşgan (11 000 metr çuqurlikda), u yerda 4 soat-u 15 daqiqa ötkazgan (bunday çuqurlikda eng köp vaqt böliş) va 4,6 kilometr masofa suzgan (bunday çuqurlikda eng uzoq masofa). 2019 yilda u amerikalik astronavt Terri Virts bilan Gulfstream samolyoti bortida ikki qutbni aylanib ötiş tezligi böyiça rekord örnatadi. 2022 yilda u Jeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi New Shepard havo kemasida kosmosga kötariladi.
Öz öğli bilan birga suvosti apparati bortida bölgan Şahzoda Dovud — Pokistondagi eng badavlat oilalardan birining vakili bölgan. U Pokistonda tuğilgan, keyinroq Buyuk Britaniyaga kelib, Bukinghem universitetida huquqşunoslik böyiça öqigan. U şuningdek Filadelfiya universitetida marketing sohasida magistr darajasini olgan.
Stokton Raş — okean tubiga ekspeditsiyani uyuştirgan OceanGate kompaniyasi asosçisi va ijroçi direktori. U suvosti apparatini boşqargan. The New York Times naşrining yozişiça, uning rafiqasi Vendi — 1912 yilda çökib ketgan «Titanik»ning birinçi klassdagi yölovçilari bölgan Isidor Ştraus va uning rafiqasi Idaning nevarasi hisoblanadi. Ularning hayoti Jeyms Kemeronning «Titanik» filmida maşhur sahna olinişiga turtki bergan: halokat paytida keksa er-xotin Ştrauslar ayollar va bolalarga ustuvorlik berilişi uçun qutqaruv qayiğiga çiqişdan boş tortgan va nomerga qaytib ölimni kutişgan.

Pol-Anri Narjole — frantsuz tadqiqotçisi, u «Titanik» çökkan joyga 35 martadan ortiq şönğigan. U bu joyga tadqiqotlarini 1986 yilda, Frantsiya harbiy-dengiz flotidagi 22 yillik xizmatdan keyin boşlagan. Ekspeditsiyalar davomida u suv yuzasiga çökkan kemadan beş mingdan ortiq buyumlarni, jumladan yölovçilarning şaxsiy buyumlarini olib çiqqan. Bu işlari tufayli u «Mister Titanik» laqabini olgandi.
Ekspertlar bir neça bor «Titan» foydalaniş uçun xavfsiz emasligidan ogohlantirişgan
OceanGate kompaniyasi tasdiqlaşiça, «Titan» «Titanik» qoldiqlari yotgan 3800 metr çuqurlikka bortdagi yölovçilar bilan tuşa oladigan va boşqariluvçi dunyodagi beşta suvosti apparatdan biri bölgan.

2015 yildan buyon OceanGate xuddi şu kabi «Tsiklop» apparatidan foydalanadi, «Titan» esa sayyohlarni «Titanik» halokatga uçragan joyga olib tuşiş uçun maxsus yaratilgan. Apparat vazni 10 tonna atrofida bölgan. U uglerod tolali korpus (devor qalinligi — taxminan 13 santimetr) va ikkita titan qoplamali yarimşarlardan (ulardan birida illyuminator bor) iborat tsilindr körinişida. «Titan» 4000 metrgaça çuqurlikka şönğiy oladi, BBC News manbasi qayd etişiça, bu AQŞning eng çuqur şönğiy oladigan USS Dolphin suvosti kemasinikidan yuqoriroq körsatkiç.
«Titan»ning uzunligi — 6,7 metr, kengligi — 2,8 metr, balandligi — 2,5 metr. Şönğiş vaqtida körsatmalar suv sirtidagi kemadan keladi. Suvosti qayiği dastlab videoöyinlar uçun işlab çiqarilgan va keyin takomillaştirilgan Logitech G F710 simsiz kontrolleri orqali boşqariladi.
The New York Times naşrining yozişiça, beş yil oldin OceanGate rahbariyatini «Titan» ekspluatatsiya uçun xavfsiz emasligi haqida ogohlantirişgandi. 2018 yil boşida, öşanda kompaniyada dengiz amaliyotlari böyiça direktor lavozimida işlagan Devid Lokrij tayyorlagan hisobotda qöşimça sinovlar ötkaziş zarurligi keltirilgan va «agar suvosti apparati ekstremal çuqurlikka yetib borsa, yölovçilar uçun potentsial xavf tuğdirişi» qayd etilgandi. Şuningdek, Lokrij suvosti kemasining köriş oynasi faqat 1300 metr çuqurlikda işlaş uçun sertifikatlanganini yozgan.
OceanGate rahbariyati esa bu hisobotdan köp vaqt ötmay Lokrijni işdan böşatadi. Kompaniya uni maxfiy maʼlumotlarni oşkor etişda ayblab, sudga ham beradi. Sobiq xodimning özi esa noqonuniy işdan böşatilganini daʼvo qilib, sudga murojaat qilgan. 2018 yil oxiriga kelib, Lokrij va kompaniya kelişuvga erişadi.
Öşa yilda Amerika dengiz texnologiyalari jamiyatining pilot tomonidan boşqariladigan suvosti kemalari qömitasining 38 nafar aʼzosi OceanGate rahbari Stokton Raşga suvosti kemasi xavfsiz emasligi töğrisida ogohlantiriş berilgan xat yöllaşadi. Ekspertlar «Titan»ni işlab çiqariş jarayoni, «Titanik» tomon rejalaştirilgan missiyalar va kompaniyaning xavfsizlikni baholaşning standart usullaridan voz keçişga qaror qilgani va bu esa ehtimoliy «halokatli» muammolarga olib kelişi mumkinligidan «xavotir» bildirişgan. Maktub mualliflaridan biri Uill Konen The New York Times naşriga aytişiça, bu murojaatdan keyin OceanGate rahbari unga qönğiroq qilgan va sanoat standartlari innovatsiyalarni ortga surayotganini aytgan.
OceanGate «Titanik» tomon ilk muvaffaqiyatli şönğiş haqida ilk bor 2021 yilda xabar beradi. 2022 yilgi ekspeditsiyalardan biridan keyin kompaniya çökib ketgan kema kadrlarini 8K sifatda eʼlon qiladi. Bunday ekspeditsiyada iştirok etiş xususiy mijozlar uçun bir öringa 250 ming dollar miqdorida baholangandi.
Video Player









