“Bu ekologik jinoyat”. Deputatlar Murod Nazarovning taklifiga qarşi çiqdi

“Bu ekologik jinoyat”. Deputatlar Murod Nazarovning taklifiga qarşi çiqdi

17 iyul kuni Savdo-sanoat palatasining quriliş sohasiga bağişlangan yiğilişida tadbirkor Murod Nazarov Toşkent şahrida quriliş qilayotganlarga daraxt kesişga çeklov qöyiş notöğri ekanini, buning örniga kesiladigan daraxtlarning örniga avvaldan bir neça karra köp daraxt ekilişi kerakligini aytgandi. Bu esa köplab muhokamalarga sabab bölmoqda. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari ham tadbirkorning bu taklifiga munosabat bildirmoqda.

Xususan, Özbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Javlon Abdullayev daraxt kesişga moratoriy bejizga eʼlon qilinmaganini aytib çiqdi. Uning fikriça, agar moratoriy joriy etilmaganida, bugungi kunda Toşkent çölda qolgan bölar edi. Şuningdek, deputat moratoriyning ahamiyati juda katta ekanini, ayrim noqonuniy daraxt kesiş holatlariga qaramasdan, uşbu çora-tadbir tufayli 98 foizdan ortiq daraxtlarning kesilişiga yöl qöyilmaganini qayd etgan.

“Alohida taʼkidlaş lozim, suv tanqisligi va global issiqlik kabi muammolar yurtimizda kun sayin sezilarli tus olayapti. Bu holatda kelajak avlod uçun har bir daraxtni asrab qolişimiz öta muhim vazifa hisoblanadi. Bitta daraxtni katta qilib östiriş uçun kamida ön yillab vaqt, sabr va doimiy parvariş talab etiladi. 
Har bir daraxt kislorodni çiqariş orqali havoni tozalaşi, şovqin darajasini pasaytirişi, haroratni tartibga solişi, tuproq eroziyasini oldini olişi kabi vazifalarni bajarişini nahotki developer bilmasa!?” deydi deputat Javlon Abdullayev.

Maʼlumotlarga köra, joriy yilning birinçi olti oyi davomida daraxtlarni kesiş böyiça kelib tuşgan 3 235 ta ariza rad etilgani natijasida 453 238 ta daraxtni kesişning oldi olingan. Rad etilgan arizalarda körsatilgan daraxtlar orasida 86 309 tasi qimmatbaxo navlarga mansub ekani maʼlum qilingan.

“Sönggi paytlarda “qayta ekiş” nomida köçirilayotgan yoki yangi ekilgan köçatlarning aksariyati kökarmayotgani, qurub qolayotganini jamoatçilik körib, kuzatib turibdi. Bu kabi tadbirlar, tabiatni asraş emas, aksinça, faqat daraxtlarni yöq qiliş orqali ekologiyani yanada yomon ahvolga solayotganini körsatmoqda”, deydi deputat.

Şuningdek, uning sözlariga köra, bu kabi yondaşuv nafaqat ekologik muvozanatga, balki Özbekiston Respublikasi qonunçiligida mustahkamlangan atrof-muhitni muhofaza qiliş tamoyillariga mutlaqo zid hisoblanadi. 

“Agar har kim daraxtni öz hududidagi tösiq sifatida körib, uni kesişni “muqobil ekiş” bilan almaştirsa, bu – tabiatga qarşi oçiqçasiga tajovuz, yaʼni ekologik jinoyat sanaladi”, deydi u.

Deputatning qayd etişiça, rivojlangan mamlakatlarda noqonuniy kesilgan har bir daraxtning hatto santimetri uçun moliyaviy javobgarlik belgilangan — ayrim hollarda developerdan yerni qaytarib olişgaça boriladi, daraxtlarni kesiş emas, xattoki şikastlangan va qurib qoliş xavfi ostidagi daraxtlarni “tiriltiriş” böyiça işlar olib borilmoqda. Bunday yondaşuvlar tabiatni muhofaza qilişda samarali natija bermoqda. 

“Özbekistonda ham bu borada keskin çoralar köriş, qonunçilikka ana şunday taʼsirli mexanizmlarni joriy etiş vaqti yetib keldi. 
Biz, Ekopartiya deputatlari tadbirkorlarning bu kabi tabiatga beşafqat munosabtalari va takliflariga mutlaqo qarşimiz. Bu kabi çuqur tahlil qilinmasdan bildirilgan takliflar kelgusida tabiatga befarqlik bilan yondaşiş va ekologik barqarorlikka tahdid soluvçi holatlarni keltirib çiqarişi mumkin. Şuni qatʼiy taʼkidlaymiz: har qanday rivojlaniş, bunyodkorlik va rekonstruktsiya işlari ekologik manfaatlar hisobiga emas, ular bilan muvozanatda olib borilişi lozim.
Qonunçilik taşabbusi sifatida renovatsiya loyihasini amalga oşirişda zarar yetkazilişi mumkin bölmagan obʼekt sifatida moratoriy eʼlon qilingan daraxt va butalarning joylaşgan joyini qonuniy mustahkamlaşga astoyidil xarakat qilamiz”, deydi u.

“Yuksaliş” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov ham moratoriy muhokama mavzusi emasligini bildirdi. 

“Developer daraxt kesişni qonuniylaştiriş kerak, deyapti. Ekologlar esa developerlar uylarini şahardan taşqarida qursin, deyapti. Nima haqiqat ekanligini belgilovçi – bu jamoatçilik. Bugun odamlar şahar markazida qurilişlar emas, yaşil hududlarni köpaytiriş tarafdori. 
Bitta çinor biroz soya berişi uçun 7-10 yil vaqt kerak. Taklif berayotgan developer şunça yil oldin daraxt ekib, boğ yaratdimi?” deya savol qöygan deputat.


×