Keça, 28 sentyabrda Şveytsariyada Özbekiston Birinçi Prezidenti Islom Karimovning tönğiç qizi Gulnora Karimovaga va Rossiya telekommunikatsiya kompaniyasining Özbekistondagi şöʼba korxonasining sobiq boş direktoriga qarşi iş Jinoyat işlari böyiça Federal sudiga yuborildi. Bu haqda Şveytsariya Boş prokuraturasi maʼlum qildi.
“Ikki ayblanuvçi turli mamlakatlarda, jumladan, Şveytsariyada faoliyat olib borgan jinoiy taşkilotda iştirok etgani aytilmoqda. Ayblovlar 2005 yildan 2013 yilgaça bölgan davrda jinoiy taşkilotda iştirok etiş (Şveytsariya Jinoyat kodeksining 260-moddasi), jinoiy daromadlarni legallaştiriş (JKning 305-moddasi), xorijiy davlat amaldorlari sifatida pora oliş (JKning 322-moddasi) va hujjatlarni qalbakilaştirişni (JKning 251-moddasi) öz içiga oladi”, deyiladi prokuratura bayonotida.
Şveytsariya Boş prokuraturasining maʼlum qilişiça, 2012-2014 yillar oraliğida sud jarayoni Gulnora Karimovaning qöl ostidagi xodimlari va Gulnora Karimovaning özini ham qamrab olgan. Çunki öşanda uning BMTning Jenevadagi vakolatxonasidagi diplomat sifatidagi faoliyati bilan boğliq immuniteti bekor qilingan.
“2018-2021 yillarda tergov doirasida tört nafar şaxs jinoiy daromadlarni legallaştiriş va hujjatlarni qalbakilaştirişda aybdor deb topilgan. 340 million Şveytsariya frankidan ortiq mablağ Özbekistonga qaytariş maqsadida qatʼiy ravişda musodara qilingan. Ayni paytda Gulnora Karimova va ikkinçi ayblanuvçiga qarşi sud jarayonida 440 million Şveytsariya frankidan ortiq mol-mulki musodara qilinmoqda”, deyiladi bayonotda.
Bundan taşqari, Gulnora Karimova 2001 yildan 2013 yilgaça bir neça önlab şaxslar va köplab kompaniyalarni öz içiga olgan “Ofis” deb nomlanuvçi iyerarxik jinoiy taşkilot tuzganlik va unga rahbarlik qilganlikda ayblangan. Bildirilişiça, Şveytsariyada uşbu taşkilot öz faoliyatini 2005 yilda bank hisoblari va seyflaridagi jinoiy operatsiyalaridan kelib çiqadigan kapitalni yaşiriş va köçmas mulk sotib oliş uçun boşlagan.
“Xususan, uning hajmi, taşkil etiş tartibi, infratuzilmalari, öziga tegişli bölgan mulklar kölami va ayrim aʼzolarining malakasini hisobga olgan holda, “Ofis” özining jinoiy faoliyatini professional biznes sifatida, yaʼni vazifalarning qatʼiy taqsimlanişiga rioya qiliş, şu bilan birga zöravonlik va qörqitiş usullarini qöllagan holda amalga oşirdi”, deydi prokuratura.
Qayd etilişiça, 2000 yildan boşlab jadal rivojlana boşlagan Özbekiston telekommunikatsiya tarmoği mamlakatdagi eng daromadli sohalardan biri bölgan. Ayblov xulosasiga köra, öşa paytda uşbu sohaga kiriş va faoliyat yuritişni xohlovçi xorijiy kompaniyalar Gulnora Karimovaning foydasiga hal bölişi uçun “Ofis”dagi kompaniyalar orqali pora berişi talab qilingan.
“Aybsizlik prezumptsiyasi har ikkala ayblanuvçiga ham yakuniy hukm çiqarilgunga qadar amal qiladi. Ayblov eʼlon qilinganidan söng, Jinoyat işlari böyiça Federal sud qöşimça maʼlumotni taqdim etiş uçun javobgarlikni öz zimmasiga oladi”, deya xulosa qiladi prokuratura.
Eslatib ötamiz, 2021 yilda Şveytsariya federal jinoiy sudi Gulnora Karimovaga nisbatan qözğatilgan jinoiy iş böyiça muzlatib qöyilgan mablağlardan Takilant kompaniyasiga qariyb 70 million dollarni qaytarişga qaror qilgandi. Joriy yilda esa Buyuk Britaniyaning Yirik miqdordagi firibgarlikka qarşi kuraşiş byurosi Karimovaning uçta haşamatli mulki musodara qilinganini maʼlum qilgandi. Biroq oradan köp ötmay Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova onasining Buyuk Britaniyadagi mol-mulki musodara qilingani haqidagi maʼlumotni rad etgandi. BMTning Özbekistondagi vakolatxonasi esa Gulnora Karimovaning qaytarilgan aktivlari onalar va bolalarning ölimini kamaytirişga sarflanişini maʼlum qildi.









