Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga avtomobillar oynasi tusini özgartiriş (tonirovka) uçun örnatilgan tölov miqdorini kamaytiriş böyiça taklif kiritildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev maʼlum qildi.
Doniyor Ğaniyev “tonirovka” masalasiga töxtalar ekan, jamoatçilik orasida bu borada turli eʼtiroz, taklif va fikrlar bildirilayotganini aytib ötgan.
“Maʼlumki, Özbekiston geografik jihatdan nisbatan issiq hududda joylaşgan. Şu bois, sönggi paytlarda jamoatçilik tomonidan yengil avtotransport vositalari oynalarining qoraytiriş (tonirovka) bilan boğliq amaldagi tartib yuzasidan köplab eʼtirozlar, fikr va takliflar bildirilmoqda”, deydi deputat.
U şuningdek, issiq mavsumda jazirama qator noqulayliklar tuğdirişi va iş samaradorligiga salbiy taʼsir körsatişini urğulagan. Mehnat unumdorligi 15 foizgaça pasayişi taʼkidlangan.
“Örganişlar şuni körsatadiki, odatda yilning issiq mavsumida havoning yuqori harorati va quyoşning jazirama issiği haydovçi va transportdan foydalanuvçilar uçun keskin noqulaylik tuğdiradi. Natijada, fuqarolarning iqtisodiy faolligi va mehnat samaradorligi 1 foizdan 15 foizgaça pasayişiga olib kelişi mumkin ekan”, deya faktlarni keltirib ötgan Ğaniyev.
Şundan söng, u "tonirovka" bu masalada yordam berişi, u avtomobildagi haroratni 60 foizgaça kamaytirişi qöşimça qilingan. Bu imkoniyatlar iqtisodiyotga ham foyda keltirişi esa alohida eslatilgan.
“Tonirovka” esa avtomobil içidagi havo haroratini 60 foizga kamaytirib, sovutiş tizimining normal işlaşiga şaroit yaratadi hamda haydovçi va transport foydalanuvçilariga issiq mavsumda qulaylik yaratiladi. Bu esa öz navbatida fuqarolarning iqtisodiy faolligi va samaradorligi oşişiga ijobiy taʼsir körsatib, mamlakat iqtisodiga qöşimça ön millionlab dollar foyda keltirişi mumkin. Bugungi pandemiya sabab inqirozda bu biz uçun ayni muddao emasmi?”, deya savol qöygan deputat.
Doniyor Ğaniyev quyoşning ultrabinafşa nurlari inson salomatligiga, xususan, uning terisiga qanday salbiy körsatişini aytib ötarkan, şunday deydi:
“Bundan taşqari, olimlar fikriça quyoş nurlari ostida uzoq böliş va harkatlaniş ham inson terisining quruqşab, qarib borişiga, terida doğlar paydo bölişiga, közning törpardasi zararlanişiga hamda teri saratoniga sabab bölişi mumkinligi öz isbotini topgan. Sifatli “tonirovka” esa insonlarni quyoşning tik nurlaridan saqlaş va ultrabinafşa (UV) nurlarining xatarli taʼsiridan himoyalaşda 99 foizgaça samara beradi.”
Tadqiqotlar “tonirovka” davlat uçun ham, fuqarolar uçun ham foydali ekanini körsatayotgani, ammo Özbekistonda köpçilik haydovçilar bu qulaylikdan foydalana olmasligi qayd etilgan. Buning sababi sifatida “tonirovka” uçun tölov narxlari qimmatligi körsatilgan.
“Tahlillardan kelib çiqib aytiş mumkinki, issiq mavsumda “tonirovka”dan foydalanişga ruxsat beriş iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan davlat uçun ham fuqarolar uçun ham foydalidir. Ammo amaldagi tartibga köra belgilangan tölov miqdorlari “tonirovka“ga haqiqatda ehtiyoji bölgan köplab haydovçilarga qimmatlik qilmoqda”, deydi Ğaniyev.
Şundan söng, u sözida davom etib, Hukumat bu qulaylikdan foydalanişni fuqarolar uçun bepul qilişni istamas ekan, uning narxi borasida yon berişi kerakligi taʼkidlangan. Bu böyiça tegişli taklif kiritilgani ham qöşib ötilgan.
“Modomiki, Hukumat “tonirovka” uçun belgilangan tölovlarni butkul bekor qilişni istamas ekan, heç bölmasa tölovlarni arzonlaştiriş, yengillaştiriş orqali kompromis qilişi kerak. “Tonirovka”dan foydalaniş tartibiga biroz bölsa ham ijtimoiy tenglik va adolat printsipini singdiriş lozim.
Şuni hisobga olib, yilning issiq mavsumida (1 maydan 30 sentyabrgaça, çunki asosan şu paytda “tonirovka”ga real ehtiyoj seziladi) BHMning 10 baravari miqdoridagi tölov evaziga (menga qolsa bepul bölişi kerak, lekin şunisiga ham köpçilik rozi hozir) avtotransport vositasining orqa (100 foiz) va old yon (30 foiz) oynalari “tonirovka” qilişga ruxsat beriş tartibini joriy qiliş maqsadga muvofiq.
Bu böyiça öz taklif va tahlillarimizni hukumatga ham yubordik. Umid qilaman takliflarimizga masʼul idoralar befarq bölmay, örganib çiqadilar hamda inobatga oladilar. Çunki har mavsumda milliardlab qöşimça tuşum, iqtisodiy faollik va mehnat samaradorligini ösişi, yangi iş örinlari davlat iqtisodiga ijobiy taʼsir körsatsa, jismoniy qulaylik va soğliqqa xavfli nurlanişdan himoyalaniş fuqarolar talablarini qondiradi”, deydi deputat Doniyor Ğaniyev.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning avgust oyida Hukumatning “tonirovka” böyiça qarori qabul qilinib, avtomobil oynalarining tusini özgartiriş uçun ruxsatnoma oliş narxlari özgartirilgandi.









