Mahalliy aholi orasida «Andijon turmasi» deya ataladigan viloyat IIB 3-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum vafot etdi. «Xabar.uz» söroviga javoban ayni maʼlumotni Boş prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.
Maʼlum bölişiça, mahkum 31 yoşli şahrixonlik S.T. bölib, unga nisbatan ötgan yilning yanvar oyida öğrilik jinoyati uçun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Qarşidagi jazoni ijro etiş muassasasida maʼlum muddat «ötirgaç», qolgan qismi axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilişi natijasida S. T. ozodlikka çiqariladi.
Biroq S.T. axloq tuzatiş işlari jazosini belgilangan tartibda ötaşdan böyin tovlagani sabab, sud hukmiga asosan yana ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga almaştirilib, joriy yilning 19 mart kuni u Andijon viloyati IIB 3-son tergov hibsxonasiga joylaştiriladi.
Oradan tört kun ötib, yaʼni 2022 yilning 21 mart kuni yuqorida qayd etilgan tergov hisbxonasida S.T. vafot etadi.
Mahkum olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgani eʼtiboridan ayni paytda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvçining ölimiga sabab böladigan darajada qasddan bandanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov harakatlari Andijon şahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.









