Buyuk Britaniyada arxeologlar eramizning ilk asrlariga oid Rim qalʼasi himoyaçilari tomonidan kiyilgan ulkan oyoq kiyimini topdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Qalʼaga tutaş Magna harbiy istehkomi xarobalaridan topilgan, teridan yasalgan oyoq kiyimning tagligi 32,6 santimetr uzunlikda bölib, zamonaviy ölçamda 46-ölçamga töğri keladi. Bu esa öşa davr odamlari uçun odatiy bölgan oyoq ölçamidan ança katta. Şu sababli arxeologlar qalʼa himoyaçilarining kim bölganini aniqlaşga urinmoqda.
Topilma Britaniyaning şimoli-ğarbiy çegarasini bosqinçilardan himoya qilgan, 117 kilometrga çözilgan Haydrian devori böylab joylaşgan Magna istehkomi hududidan aniqlangan. Bu oyoq kiyim qalin qoramol terisidan tayyorlangan bölib, temir mixlar bilan mustahkamlangan.
“Biz bu poyabzalni izohlaşga har xil yondaşdik. Balki bu qişki oyoq kiyim bölib, içiga jun paypoq solib kiygan bölişlari ham mumkin. Ammo keyinçalik yana şunday katta ölçamdagi oyoq kiyimlar topilganidan söng, bu odamlarning oyoqlari haqiqatan ham juda katta bölgan degan xulosaga keldik”, degan qazişma işlarida qatnaşgan arxeologlardan biri.
Magna qalʼasi taxminan milodiy 85 yilda qurilgan. Har bir neça yilda u yerda navbatçilar almaşinib turgan. Qalʼa devorlariga tuşirilgan yozuvlarda bu yerda hozirgi Suriya hududidan borgan kamonçilar, Xorvatiya va Serbiyadan bölgan askarlar, şuningdek, niderlandiyaliklar xizmat qilganini köriş mumkin. Ammo har bir garnizon qança muddat xizmat qilgani nomaʼlum.
Taxminlarga köra, askarlar baʼzan qalʼani şoşilinç tark etgan, oqibatda oyoq kiyim, kiyim-keçak va boşqa narsalarni atrofdagi xandaqlarga taşlab ketgan.
Arxeologlarning fikriça, qadimiy poyabzallarning bugungi kungaça yaxşi saqlanib qolişiga öşa davrda qöllanilgan teriga işlov beriş texnologiyalari sabab bölgan. Ular ösimlik asosidagi moddalar yordamida suv va issiqlikka çidamli qoplama hosil qilgan.
Olimlar endi bu poyabzal egalarini çuqurroq örganiş uçun uning kiyilganlik belgilari va içidagi oyoq izlarini tekşiradi. Ular oyoq şakli orqali öşa davr odamlari tuzilişini modellaştirişga harakat qilmoqda.
Magna istehkomidagi qazişmalar davom etmoqda. Arxeologlar bu topilmalar orqali ilk asrlarda bu hududda yaşagan odamlar hayoti haqida çuqurroq maʼlumot olişga umid qilmoqda.









