Rossiya XX asr boşigaça Çor imperiyasi nazoratida bölgan hududlarni nazoratiga qaytarişga daʼvogarlik qilmoqda. Bu hadaq AQŞning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild taşkilot Xavfsizlik kengaşining favqulodda yiğilişida maʼlum qildi.
“Sovet Ittifoqidan oldin, 100 yildan köproq vaqt oldin mavjud bölgan Rossiya imperiyasi hududlariga. Bu butun Ukrainani öz içiga oladi, bunga Finlyandiya, Belarus, Gruziya, Moldova, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston, Litva, Latviya va Estoniya kiradi. Bunga Polşa va Turkiyaning bir qismi kiradi”, degan AQŞ vakili Putinning ambitsiyalari haqida gapirar ekan.
Grinfild Putin dunyoni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti mavjud bölmagan davrga, dunyoda imperiyalar hukmronlik qilgan davrga qaytişini istaşini taʼkidlagan.
“Biroq, dunyoning qolgan qismi oldinga ötib ketgan”, deydi diplomat Rossiyaning istamlari haqida gapirar ekan.









