Qozoğistonda Sak davriga oid noyob buyumlar topildi

Qozoğistonda Sak davriga oid noyob buyumlar topildi

Qozoğistonning Olmaota viloyati Uyğur tumanida joylaşgan Toğizbuloq qişloği yaqinidagi qadimiy qabrlar hududida Al-Farobiy nomidagi Qozoğiston Milliy universiteti arxeologlari tomonidan Sak davriga oid noyob oltin zargarlik buyumlari topildi. Bu haqda Qozoğiston Fan va oliy taʼlim vazirligiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, ilk temir davriga oid Toğizbuloq-1 va Toğizbuloq-2 qabristonlaridagi 50 dan ortiq qabr ustida olib borilgan dala qazişmalarida muhim topilmalar aniqlangan. Tarix fanlari doktori, professor Dosbol Bayğunakovning sözlariga köra, qazişmalar çoğida oltita qabr oçilgan. Ayniqsa, Toğizbuloq-1 qabristonining 3- va 4-raqamli qabrlarida erkak va ayol suyaklari, sopol idişlar, temir buyumlar, oltin zanjir bölagi va boşqa buyumlar topilgan.

 

Asosiy eʼtiborni esa 3-raqamli qabrda topilgan, deyarli 8 gramm oğirlikdagi şer tasviri tuşirilgan oltin uzuk jalb qilgan.

“Bunday artefaktlar juda noyob sanaladi. Uzuk sof quyma oltindan yasalgan. Undagi şer tasviri sinkretizm bilan boğliq. Bir qaraşda unda ayol yuzi, şer başarasi va yelkasidagi yelvizak (yoki hatto buqa yoki qöy) obrazlari körinadi. Bu esa qadimiy qabilalarda keng tarqalgan diniy kultlarni eslatadi”, deyiladi Fan va oliy taʼlim vazirligi bayonotida.

Mutaxassislarning fikriça, bunday dafn marosimlari va artefaktlar Sak qabilalariga xos bölib, topilmalar taxminan miloddan avvalgi IV-III asrlarga tegişli.

“Toğizbuloq-1 va Toğizbuloq-2 qabristonlarida topilgan boylik majmualari ilk temir davriga oid bölib, hozirgi Uyğur tumani hududi qadimda Sak madaniyatining markazlaridan biri bölganini tasdiqlaydi”, deyiladi rasmiy axborotda.

Uyğur tumani hokimining örinbosari Erasul Tolimbekulining aytişiça, topilgan oltin buyumlar baʼzi tarixçilarning fikriça, miloddan avvalgi II asrga oid Uysun davriga tegişli bölişi mumkin.

Teglar:
×