Eronning eng yirik konlaridan biri hisoblangan Xuroson provintsiyasidagi Şodan oltin konida qariyb 61 million tonnalik oltin zaxirasi topildi. Bu haqda “Fars” xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, hukumat ham mamlakatning şarqida katta oltin ruda konining topilganini tasdiqlagan. Naşrning yozişiça, Şodan konidagi oltin rudasining zaxiralari böyiça yakuniy maʼlumotlar Eron sanoat, konçilik va savdo vazirligi tarkibidagi mutaxassislar komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan söng sezilarli darajada oşirilgan. Tasdiqlangan zaxiralar Şodan hududida 61 million tonnaga baholangan.
Maʼlumotlarga köra, buning 7,95 millioni oltin oksidli ruda, qolgan 53,1 millioni esa oltin sulfidli rudaga tegişli. Bu körsatkiçlardan kelib çiqib, Şodan konini mamlakatning eng yirik oltin konlaridan biri deb hisoblaş mumkin.
Maʼlumot uçun, Şodan koni Eronning şarqiy qismida Janubiy Xuroson viloyatida joylaşgan. Bu hudud Fors körfazi va Afğoniston çegarasiga yaqin toğli mintaqadir. Kon oltin zaxiralari böyiça mamlakatning eng yirik loyihalaridan biri hisoblanadi.









