Nazarbekov axloqsizlikni televideniyeda tarğib qilişni davlatga xiyonat sifatida baholadi

Nazarbekov axloqsizlikni televideniyeda tarğib qilişni davlatga xiyonat sifatida baholadi

Yoşlar jamiyat uçun parda ortidagi voqelik, köp ham ommaviy muhokama qilinmaydigan munosabatlar sirli, sehrli tuyuladi, ularni körişga intiliş kuçli böladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirdi. 

Nazarbekov bugun kun tartibiga çiqqan masala – seriallardagi axlov mavzusiga töxtalarkan, soha vakillarini ogohlantirdi. 

“Ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama etilgan, xususiy telekanallarda namoyiş etilayotgan teleseriallarga nisbatan keskin norozilik kayfiyati kuçaydi. Taʼkidlaş joizki, bundan ikki yilça avval ham seriallar bilan boğliq muammolar yuzaga kelgandi. Ayni paytda ham bu holat takrorlandi. Bundan körinib turibdiki, soha vakillari kelgusida yana şunday kayfiyatdagi tomoşabin bilan yuzlaşmaslik uçun bu borada aniq va töğri yondaşuvni topişi kerak. Yöqsa, ularning yurt taqdiriga daxldor şaxs sifatida birinçi va ikkinçi Uyğoniş davri yangilanişlarini yaratgan ajdodlarimizning maʼnaviy orzulari davomçilari bölgan Uçinçi Renessans vakillarini munosib tarbiyalaş uçun nima qildik, degan savolga arzirli javoblari bölmasligi mumkin.

Aslida bu borada muşohada yuritiş har birimizning maʼnaviy burçimizdir. Ayniqsa, televideniye xodimlarining oldida "Oynai jahon orqali efirga uzatayotgan har bir telemahsulot yoşlar tarbiyasiga qanday taʼsir qiladi, bu bilan jamiyatga qanday nafimiz tegyapti?" degan savol köndalang turişi kerak”, deydi Ozodbek Nazarbekov.

Vazirning taʼkidlaşiça, voyaga yetmagan bolalar parda ortidagi voqealarga, sirli oilaviy munosabatlarga qiziqadi va ularni körişga intiladi. Bugungi seriallar esa bunga yöl oçmoqda. 

“Ayniqsa, yoşlar jamiyat uçun parda ortidagi voqelik, köp ham ommaviy muhokama qilinmaydigan munosabatlar sirli, sehrli tuyuladi, ularni körişga intiliş kuçli böladi. Çunki murğak ongu qalb oq va qora mohiyatini töla anglamaydi. Mana şunday ojizlikdan foydalanib, öz mahsulotlarini ötkazişga harakat qiliş maʼnaviyatsizlik, madaniyatsizlikka olib kelmaydimi? Bu millatga, xalqqa, davlatga xiyonatning bir körinişi emasmi?”, deydi Nazarbekov. 

×