Toşkent viloyatida Telegram messenjeri orqali Suriyada “jihod”ga çorlovçi video va audio materiallarni tarqatib, tarğib qilib kelayotgan fuqaro aniqlanib, qölga olindi. Bu haqda viloyat IIBB xabar qildi.
Toşkent tumanida yaşovçi fuqaro A.O. Telegram messenjerida alohida guruh taşkil qilib, diniy ekstremistik va terroristik taşkilotlar tomonidan tayyorlangan “hijrat” va “jihod” qiliş töğrisidagi audio va video maʼruzalarini tarqatib kelganligi aniqlangan. U Toşkent tumanida yaşovçi 5 nafar tanişini Suriyaga borib xalqaro terrorçilik taşkilotlari safiga qöşiliş hamda jangovar amaliyotlarda iştirok etişga tarğib qilib kelgan.
Şundan söng, uşbu beş kişining yaşaş manzillarida ötkazilgan tekşiruv harakatlari davomida jinoyat işiga aloqador bölgan materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Fuqaro A.O.dan daliliy aşyo sifatida olingan video va audio materiallar böyiça ötkazilgan sud adabiyotşunoslik ekspertizasi xulosasida, uşbu maʼlumotlar aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilganligi, ularni Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş, saqlaş va tarqatiş taʼqiqlanganligi maʼlum bölgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro A.O.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









