Özbekistondagi umumiy örta taʼlim maktablarida öquvçilarni tibbiy köriklardan ötkazişda ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho beriş orqali sport turiga bölgan qobiliyatini aniqlaş va sportga yönaltiriş böyiça elektron tizim yölga qöyiladi. Bu keça, 17 iyul kuni qabul qilingan 447-sonli “Öquvçilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho beriş orqali ularni sport turlariga yönaltiriş hamda sportni ommalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarorida belgilangan.
Qarorga köra, 2025/2026 öquv yilidan har yili 1 marta maktab hamşiralari uçun öquvçilarning fiziologik va antropometrik körsatkiçlarini aniqlaş böyiça öquv-seminarlar taşkil etiladi.
Şuningdek, öquvçilarni tibbiy körikdan ötkaziş orqali ularning fiziologik va antropometrik körsatkiçlari şakllantirilib, “Elektron soğliqni saqlaş” axborot tizimiga kiritiladi.
“ERP-maktab” axborot tizimida öquvçilarning fiziologik va antropometrik körsatkiçlari asosida ularning sport turiga bölgan qiziqişlari aniqlanadi va tizimda qayd etiladi.









