Özbekiston elektr energetika kompleksiga 457 million dollar yönaltiriladi

Özbekiston elektr energetika kompleksiga 457 million dollar yönaltiriladi

Hukumatning «Elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oşirişda Özbekiston byudjetini qöllab-quvvatlaş uçun Osiyo taraqqiyot bankining 200 million AQŞ dollari miqdoridagi mablağlarini jalb qiliş töğrisida»gi qarori qabul qilindi, deya xabar qilmoqda Norma.

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Energetika vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) örtasida kreditni jalb qiliş böyiça memorandum imzolangan. 2020 yil 28 sentyabrda OTB direktorlar kengaşi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oşirişda Özbekiston byudjetini qöllab-quvvatlaş uçun 15 yil muddatga qarz ajratilişi maʼqullangan.

«Özbekiston Respublikasida elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş» investitsiya loyihasining umumiy qiymati 457,8 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanuvi Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi tomonidan maʼqullangan.

Loyiha quyidagi mablağlar hisobiga amalga oşiriladi:

  • 91,3 million AQŞ dollari – «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ;
  • 250 million AQŞ dollari – Moliya vazirligi krediti;
  • 20,5 million AQŞ dollari – OTB krediti;
  • 62,6 million AQŞ dollari – «Özsanoatqurilişbank» krediti;
  • 33,3 million AQŞ dollari – Rivojlaniş jamğarmasi.

Energetika vazirligi investitsiya loyihasining amalga oşirilişida OTB qarz mablağlaridan maqsadli va samarali foydalanilişi yuzasidan ijro etuvçi organ hisoblanadi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ loyihaning amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş va monitoring qiliş, kreditning öz vaqtida özlaştirilişi yuzasidan masʼul hisoblanadi.

OTB tomonidan ajratilgan va Özbekiston byudjeti xarajatlarini moliyalaştiriş uçun möljallangan kredit 6 oylik libor + 0,5 foiz stavka bilan 200 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Kreditni söndiriş, ular böyiça foizlar, majburiyat uçun tölovlarni tölaş bilan boğliq xarajatlar Özbekistonning respublika byudjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.

Qabul qilingan hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • «Özbekiston Respublikasida elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş» investitsiya loyihasi TIA asosiy texnik-iqtisodiy körsatkiçlari;
  • Elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oşirişda Özbekiston byudjetini qöllab-quvvatlaş uçun jalb etilayotgan OTB qarzini söndiriş, foiz va vositaçilik tölovlarini tölaşning prognoz jadvali.

Hujjat 2020 yil 31 oktyabrda kuçga kirdi.

×