Özbekistonda issiqlik taʼminotlariga ham hisoblagiçlar joriy qilinadi. Şunda söng aholi issiq suvga uning haroratiga qarab pul tölaydi.
Hu haqida 28-oktyabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri örinbosari Qobil Tursunov maʼlum qildi.
«Bundan keyin barça loyihalarimiz markaziy hisoblagiç orqali amalga oşiriladi. Issiqlik taʼminotiga ham hisoblagiç bilan tölaş belgilandi. Bu joriy yildan boşlandi. Ulgurji isteʼmolçilar hisoblagiç orqali pul tölaydi. Faqat aholi metr kvadratdan kelib çiqib hisoblanadi. Issiq olsa ham, sovuq olsa ham bir xil pul tölaydi. Masalan, taşqi havo harorati yuqori bölgan paytda, biz ham issiqlik taʼminoti korxonasida haroratni balandroq qilişimiz kerak. Tabiiyki gaz sarfi köpayadi. Lekin aholi tomonidan tölanadigan summa bir xil», degan vazir örinbosari.
Maʼlumki, avval aholi yuqori darajali issiq suvga ham past darajadagi issiq suvga ham birxil pul tölar edi. Edni esa fuqarolar suvning haroratiga qarab pul tölaşadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq, Özbekistonda aholining issiqlik taʼminotidan qarzdorligi 2 trln 100 mln sömga yetgani haqida xabar bergan edik.









