Meyvezer Habib uçun katta sportga qaytdimi? Yengilmaslar jangi sanasi eʼlon qilindi

Meyvezer Habib uçun katta sportga qaytdimi? Yengilmaslar jangi sanasi eʼlon qilindi

Avvalroq, amerikalik boksçi kiçik Floyd Meyvezer katta sportga qaytiş niyatida ekani haqida xabar berilgan edi.

Amerikalik boksçining sportga qaytişi Mutlaq janglar çempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi çempioni Habib Nurmuhamedov bilan boğliqligi taxmin qilinayotgandi.

Maʼlum bölişiça, Floyd 2020 yilning yanvar oyida Habib Nurmuhamedov bilan jang qiladi. Jang boks qoidalari böyiça böladi va Saudiya Arabistonida ötkaziladi. Bu haqda Nurmuhamedovning menejeri Ali Abdul Aziz maʼlum qildi.

Taʼkidlaş joizki, boks qoidalari böyiça jang Habibga yirik miqdorda gonorar va katta şon-şuhratga ega böliş uçun yaxşi imkoniyat.

Maʼlumot uçun, 31 yoşli rossiyalik sportçi 28 ta jang ötkazib barçasida ğolib bölgan. 42 yoşli amerikalik boksçi Floyd Meyvezer esa 50 ta jang ötkazib, biror marta ham mağlub bölmagan. U sönggi marta 2017 yilning avgustida Konor Makgregorga qarşi ringga çiqib, 10-raundda texnik nokaut bilan ğalaba qozongandi.

Sunnatilla Abdullayev

×