Toşkentda daraxt kesişga çeklov bekor qilinişi kerak – Murod Nazarov

Toşkentda daraxt kesişga çeklov bekor qilinişi kerak – Murod Nazarov

Tadbirkor Murod Nazarov Toşkent şahrida quriliş qilayotganlarga daraxt kesişga çeklov qöyiş notöğri ekanini aytdi. Bu haqda u keça, 17 iyul kuni Savdo-sanoat palatasining quriliş sohasiga bağişlangan yiğilişida söz oçdi. 

Uning aytişiça, tadbirkorlar quriliş jarayoniga xalal bergani uçun ayrim daraxtlarni kesişga majbur bölmoqda.

“Toşkent şahri boş rejasiga tuzatiş kiritilyapti. Bundan buyon poytaxtda qurilişlar yo renovatsiya, yo rekonstruktsiya hududlarida böladi. Tabiiyki, böş joy yöq. Har bir bino atrofida daraxt bor. Daraxtlarni öylamasdan kesib taşlaşgani uçun katta rezonansga olib kelib, moratoriy qöyilgandi. Lekin tan oliş kerak, bu joylarda hatto rekonstruktsiya paytida texnikaga daraxtlar xalaqit beradi. Va qandaydir yöllar bilan baribir daraxtlar kesilyapti. Çeklov qöyiş kerak emas, çeklovlar korruptsiyani kuçaytiradi. Imtiyozlarga ham qarşiman”, degan Nazarov.

Murod Nazarov mazkur masalaga yeçim sifatida quruvçi kompaniya zimmasiga kesilgan daraxtlar örniga yangilarini ekişni yuklaş kerakligini aytdi.

“Har bir quruvçi kompaniya yoki bölmasa uçinçi şaxs “daraxtlar banki” ustida işlasin. Masalan, biz kelasi yoki undan keyingi yilda taxminan qança quriliş qilişimizni bilamiz. Taxminan neçta daraxt kesilişi mumkinligini ham hisoblaymiz. Oldindan yangi daraxtlarni ekib qöyaylik. Ertaga neçta daraxt kesişga töğri kelsa, diametri, körsatkiçlari belgilab qöyilsin. Kerak bölsa, uçinçi şaxslar bu bilan şuğullansin. Çunki oldindan daraxt ekmagan kompaniya bölsa, daraxtni uçinçi şaxsdan sotib olsin. Natijada daraxt ekişga ham investitsiyadek qaraladi. Masalan, Mirobod tumanida kesadigan bölsak, yangi ekilgan daraxtlarni öşa tuman balansiga (kesilgan daraxt örniga) ötkazib qöyaylik. Çeklov bölgandan köra, şunday mexanizm yarataylik”, dedi tadbirkor.

Maʼlumot uçun, Özbekistonda daraxtlarni noqonuniy kesiş yoki yöq qiliş uçun javobgarlik belgilangan. Maʼmuriy javobgarlikka köra, ruxsatnomasiz daraxt kesganlik uçun jismoniy şaxslarga 5 BHMgaça, mansabdor şaxslarga 10 BHMgaça, yuridik şaxslarga esa 50 BHMgaça jarima solinadi. Agar daraxt kesiş katta zarar yetkazsa, guruh bölib yoki Qizil kitobga kiritilgan ösimliklarga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksiga muvofiq 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin. Tabiat muhofazasi hududlaridagi daraxtlarni kesiş uçun jazo yanada oğirroq.


×