Jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişga bölgan çeklov bekor qilindi

Jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişga bölgan çeklov bekor qilindi

«Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi Qonun (ÖRQ–699-son, 05.07.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Vijdon erkinligi – bu fuqarolarning xohlagan dinga eʼtiqod qiliş yoki heç qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik böyiça kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.

Quyidagi maqsadlarda dindan foydalanişga yöl qöyilmaydi:
● konstitutsiyaviy tuzumini zörlik bilan özgartiriş;
● suverenitet va hududiy yaxlitlikka putur yetkaziş;
● fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitiş;
● uruşni, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni tarğib qiliş;
● fuqarolarning soğliği va axloqiga tajovuz qiliş;
● fuqarolar totuvligini buziş;
● vaziyatni beqarorlaştiruvçi tuhmatdan iborat uydirmalarni tarqatiş;
● aholi örtasida sarosima uyğotiş hamda şaxs, jamiyat va davlatga qarşi qaratilgan boşqa harakatlar sodir etiş.

Özbekiston fuqarolari, dinga munosabatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdir.

Rasmiy hujjatlarda fuqarolarning dinga nisbatan munosabatini körsatişga yöl qöyilmaydi.

 Bir dinga yoki diniy eʼtiqodga boşqalariga nisbatan biror-bir ustunliklar yoki çeklovlar belgilaşga yöl qöyilmaydi.

Qonunga köra, Özbekistonda din davlatdan ajratilgan bölib, diniy taşkilotlar va davlat organlarining faoliyati özaro aralaşmaslik asosida amalga oşiriladi.

Qonun bilan fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöyilmasligiga oid çeklov bekor qilindi.

Diniy taşkilot Özbekistonning 18 yoşga tölgan va 50 nafardan kam bölmagan fuqarolari taşabbusi bilan tuziladi. Ilgari 100 nafar edi.

Şuningdek, qonun bilan diniy taşkilotni röyxatdan ötkazişni rad etiş hamda ularning faoliyatini töxatib turiş asoslari belgilandi.

Uşbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.

×