Bugun, 18 mart kuni soat 07:22 larda Toşkentning Uçtepa tumanida oltita maşinani daraxt bosib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlum qildi.
Hodisa Uçtepa tumani Çilonzor 23-mavze 31-uy oldida yuz bergan. Voqea joyiga zudlik bilan 1 ta qutqaruv ekipaji yetib borgan. Daraxt qulaşi natijasida 6 ta (Kia, Gentra, Nexia-3, Damas, Cobalt, “Niva”) yengil avtomobil şikastlangan.
“Hozirda yuzaga kelgan vaziyat oqibatlari tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etilmoqda. Hodisa oqibatida jabrlangan yoki halok bölganlar yöq”, deyiladi vazirlik xabarida.
Şu bilan birga, FVV aholidan kuçli şamol va yoğingarçilik vaqtida avtotransport vositalarini daraxtlar ostida qoldirmaslikni söragan.









