Taksilarga qöyiladigan talablardan biri bekor qilinişi mumkin

Taksilarga qöyiladigan talablardan biri bekor qilinişi mumkin

Yuridik şaxs sifatida yönalişsiz taksi xizmatini körsatişni istovçilarga litsenziya beriş talabini soddalaştiriş uçun taksi avtomobillarini bir rangda bölişi töğrisidagi talabni bekor qiliş rejalaştirilyapti. Bu haqda matbuot anjumanida Toşkent şahar transport boşqarmasi vakili maʼlum qildi.

Bundan asosiy maqsad noqonuniy taşiş xizmatini körsatuvçi taşuvçilarni töliq qamrab oliş. Şu maqsadda Transport vazirligi tomonidan yönalişsiz taksi faoliyatiga örnatilgan talablarni soddalaştiriş va muvofiqlaştiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori loyihasi işlab çiqildi va bugungi kunda örnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelişiş jarayonida.

Uşbu qaror loyihasiga asosan, yengil avtomobillarda yölovçi taşiş faoliyatini amalga oşiriş uçun yönalişsiz taksi uçun belgilangan rang bekor qilinişi, ijara şartnomalarini natorial tasdiqlanişi örniga davlat soliq qömitasidan röyxatdan ötişi nazarda tutilmoqda.

Sunnatilla Abdullayev

×