Namangan viloyatida plastik karta orqali pora olgan Bojxona boşqarmasi xodimi qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida viloyat Bojxona boşqarmasi “Uçqörğon” çegara bojxona postining bojxona nazorati va rasmiylaştiruv guruhi inspektori Davlatobod tumanida yaşaydigan şaxsdan xorij orqali olib kelingan 57 dona Iphone 16 PRO MAX telefon qurilmalarini Toşkent xalqaro aeroportida işlovçi bojxona xodimi orqali IMEI-kodi böyiça röyxatdan ötkazib berişni vaʼda bergan. Şuningdek, xodim “yordam”i evaziga davlatobodlik fuqarodan har bir uyali aloqa vositasi uçun 100 dollardan jami 5700 dollar talab qilgan. Qolaversa, muqaddam fuqaro tomonidan çet eldan deklaratsiyada körsatmagan holda kiyim-keçaklarni olib kelgani yuzasidan çora körmagani evaziga 400 dollar talab qilgan.
Inspektor joriy yilning 11 va 14 iyul kunlari söralgan pul mablağidan 900 dollar hisobida 11 mln 317 ming sömni özi va qarindoşiga tegişli bank plastik kartalariga ötkazib olgan.
16 iyul kuni esa u 1000 dollar hisobida 12 mln 550 ming sömni qarindoşining bank plastik kartasiga ötkazib olgan vaqtida DXX, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda Bojxona qömitasi xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora beriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Bildirilişiça, tergov harakatlari olib borilmoqda.









