Namangan viloyati Pop tumani FVB boşliği 160 ming AQŞ dollari bilan uşlandi.
Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği özining 5 nafar oila-aʼzolariga mazkur tuman hokimining 2021-yil fevral oyidagi qarori bilan limon yetiştiriş uçun issiqxona taşkil etiş maqsadida ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini özining mansabdor tanişlari orqali xaridor nomiga rasmiylaştirib beriş hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurişi uçun ruxsat olib beriş evaziga 160 ming AQŞ dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani Favqulodda vaziyatlar bölimining tezkor bölinmasi boşliği özining mansabdor tanişlari orqali, Guliston şahrida yaşovçi, 1995 y.t. fuqaroni şahar favqulodda vaziyatlar bölimiga işga kiritib qöyiş evaziga 7 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









