Namanganda 40 ming dollar pora söragan mansabdor uşlandi (video)

Namanganda 40 ming dollar pora söragan mansabdor uşlandi (video)

“Kömir taʼminot” masʼuliyati çeklangan jamiyati Namangan viloyat filiali boşliği örinbosari öz tanişini yuqori lavozimga tayinlaş evaziga pora talab qildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Maʼlum qilinişiça, “Kömir taʼminot” masʼuliyati çeklangan jamiyati Namangan viloyat filiali boşliği örinbosari özining yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali fuqaroni viloyatdagi tumanlardan birining kömir ombori rahbari lavozimiga tayinlaş hamda omborga keluvçi kömir ortilgan yuk vagonlari sonini köpaytirib beriş evaziga 40 000 AQŞ dollari talab qilgan.

Joriy yilning 6 dekabr kuni u söralgan pul mablağidan 25 000 AQŞ dollarini filial işçisi orqali olib, fuqaroni ombor mudiri lavozimiga tayinlanişini taʼminlagan.

Keyinroq esa mansabdor şaxs qolgan 15 000 AQŞ dollari hamda omborga kömir ortilgan 30 ta vagon yuborgani uçun uluş sifatida 7500 AQŞ dollari, jami 22 500 AQŞ dollari berişini talab qilib, özining vositaçisi bölgan filial işçisi orqali uşbu pul mablağini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga çek qöyilgan.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi (pora beriş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Şuningdek, körilgan çora-tadbirlar natijasida aholiga kömir mahsulotlarini öz vaqtida va imtiyozli narxlarda yetkazib berilişi yölga qöyilgan. 


Teglar:
×