Joriy yilning 6 fevral kuni fuqaro U.A.ning huquqni muhofaza qiluvçi organlarga qilgan murojaatiga asosan tezkor tadbir ötkazilgan.
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, uning davomida Toşkent şahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus divizioni YPX inspektori A.B. özining boşqaruvidagi xizmat avtomaşinasi bilan sodir etgan qoidabuzarligini jarimasini tölaş uçun fuqaro U.A.dan transport vositasini tegişli hujjatlarsiz boşqarganligi uçun jarima maydonçasiga joylaştirilgan “Matiz” rusumli transport vositasini çiqarib beriş maqsadida tamagirlik yöli bilan 220 000 söm pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori A.B.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.









