Namanganda kredit taklif qilib, fuqarolardan 250 mln sömdan ortiq pul olgan şaxs uşlandi

Namanganda kredit taklif qilib, fuqarolardan 250 mln sömdan ortiq pul olgan şaxs uşlandi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida Telegram orqali kam foizli kredit vaʼda qilib, fuqarolardan 250 million sömdan ortiq pul olganlikda gumonlanayotgan şaxs qölga olindi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, gumonlanuvçi Telegram messenjerida “Mikrokredit” nomli soxta sahifa oçib, fuqarolarga kam foizli kredit taklif qilgan. U kreditni rasmiylaştiriş bahonasida ulardan oldindan bank kartalariga pul ötkazişni söragan. Fuqarolar pulni ötkazganidan keyin esa kredit ajratilmagan va ular bilan aloqa uzilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, firibgarlik oqibatida yetkazilgan zarar 250 million sömdan oşgan.


Gumonlanuvçi avval ham firibgarlik uçun sudlanganini, bu safar esa oilaviy şaroiti yaxşi bölmagani sababli jinoyatni takrorlaganini bildirgan. U fuqarolarning pullarini öz ehtiyojlariga sarflaganini aytib, qilgan işidan puşaymonligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari ötkazilib, gumonlanuvçi qölga olingan.

Bildirilişiça, holat böyiça Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) uçinçi qismining “b” va “v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergovga oid protsessual harakatlar olib borilmoqda.


Teglar:
×