Namanganda «Alomat iş» qilgan IIB JQB xodimlari qamaldi

Namanganda «Alomat iş» qilgan IIB JQB xodimlari qamaldi

Namanganda tuman içki işlar bölimi jinoyat qidiruv bölinmasining ikki nafar tezkor vakiliga nisbatan sud hukmi öqildi. Ular yolğon guvohlik beriş va dalillarni soxtalaştiriş jinoyatlarini sodir etişda aybdor, deb topilgan. Uşbu maʼlumotni «Namanganliklar.Uz»ning viloyat prokuraturasidagi manbasi ham tasdiqladi.


Voqelikka köra, salkam ikki million sömlik velosipedini öğrilatib qöygan fuqaro R.N. tuman IIBga murojaat qiladi. Uning murojaati tegişli tartibda röyxatga olinadi, suriştiruv ötkazilib, natijada Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan «iş» qözğatiladi.

Endi asosiy iş – öğrini topişda qoladi. Bu vazifa, turgan gapki, tuman IIBning Jinoyat qidiruv bölimi (JQB) tezkor vakillari gardaniga tuşadi.

JQBning ikki tezkor vakili – X.A. va J.D. jinoyatni foş etişning şunaqa alomat yölini topişadiki, oqibatda jabrlanuvçining özi sudning qora kursisiga ötirayozadi, deng?!

Qanday qilib?

JQB tezkor xodimlari bir-ikki kun öğrini qidirgan böladi. Qaraşsaki, iş «öxşamayapti». Nima qilmoq kerak? Ikkovlon şartta dökonga borib, yap-yangi velosiped sotib olişadi. Biroq sotib olingan velosiped öğrilanganga öxşaymaydi: uning ramasi ayollarga moslangan ekan.

Tezkor xodimlar buniyam «yölini topişadi» – ustaxonaga borib, rama-yu rulini boşqatdan payvandlatişadi. Şu tariqa özlari sotib olgan velosiped öğrilanganiga öxşagaç, uni voqea sodir bölgan hududga olib borib, jabrlanuvçini çaqirişadi: «mana, öğrilatgan matohingiz, biz uni topdik!». Jabrlanuvçi JQB xodimlari «topgan» velosipedni özinikiga öxşatmaydi. Eʼtirozga lab juftlagan ediki, tezkor xodimlar gap bilan oğziga uradi: «öğrilatgan molingizni topdik, ha endi, öğri u yoq-bu yoğini özgartirgandir-da, noz qilmay olaversangiz-çi?!».

Jabrlanuvçi ikkilana-ikkilana velosipedni olarkan, JQB xodimlari uni yana bir iş qilişga köndirişadi: «Keling, bu yoğiga ortiqça yozuv-çizuv qilib ötirmaylik, IIBga qönğiroq qilib, velosipedim topildi, uni mast holda özim falon joyda qoldirgan ekanman, iltimos, avvalgi murojaatimni oqibatsiz qoldiring, desangiz, olam guliston».

Jabrlanuvçi ularning aytganini qildi. Biroq olam guliston emas, olam zimiston böldi uning uçun.

Nega?

Gap şundaki, jabrlanuvçi «murojaatimni oqibatsiz qoldiring» mazmunidagi murojaatidan söng şartta öziga nisbatan «iş» oçiladi: yolğon xabar beriş – JKning 237-moddasi bilan.

Keyin taka-tuka tergov harakatlari boşlanib, ayblov xulosa tuziladi va «delo» sudga oşiriladi.

Şu tariqa jabrlanuvçi sudlanuvçiga aylanadi.

Qaçonki jinoiy jazo xavf sola boşlagandangina jabrlanuvçi öziga keldi: sudda hammasini oçiq-oşkora aytadiki, natijada «delo» çok-çokidan sökilib, JQB xodimlarining xatti-harakatiga huquqiy baho beriş masalasi kun tartibiga çiqadi.

...Voqealarning keyingi rivojini ilğayotgan bölsangiz kerak: huquqiy baho JQB xodimlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilişiga, qözğatilgan jinoyat işi esa sudga oşirilişiga olib keladi.

Sud esa, yuqorida aytilganidek, ularni yolğon guvohlik beriş va dalillarni soxtalaştirişda aybdor deb topib, ikkalasiga bir xil jazo – beş yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinladi va ular sud zalidan qamoqqa olindi...


×