Karantinda mast holda notaniş ayolga şilqimlik qilgan farğonalik fuqaro qamoqqa olindi

Karantinda mast holda notaniş ayolga şilqimlik qilgan farğonalik fuqaro qamoqqa olindi

Farğonada karantin qoidalarini buzib, mast holda notaniş ayolga şilqimlik qilgan va IIB xodimining qonuniy talabiga böysunmagan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda «Daryo»ga Farğona viloyat maʼmuriy sudi sudyasi Uluğbek Ahmedov maʼlum qildi.

Joriy yil 15 aprel kuni taxminan soat 19:30 atrofida Farğona şahar Abdurahmon Jomiy köçasida 35 yoşli fuqaro T.D. spirtli içimlik isteʼmol qilgan holda öziga notaniş bölgan ayolga şilqimlik qilib, heç bir sababsiz uyatli sözlar bilan haqorat qilgan.

Şuningdek, fuqarolarning tinçligini buzib, baqir-çaqir qilib turgan vaqtida uning tinçlanişini va niqob taqib olişini söragan IIB xodimining qonuniy talabini bajarmagan.

Qoidabuzarlik böyiça T.D.ga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştrilib, sudga oşirilgan.

Farğona şahar maʼmuriy sudining 2020 yil 16 apreldagi qaroriga köra, huquqbuzar T.D. Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi (Epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş), 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik harakatlarini sodir qilganlikda ayblanib, 15 sutka maʼmuriy qamoq bilan jazolangan.

×