Namangandagi kafeda ofitsiant qizga şilqimlik qilgan şaxslar va ularga qarşilik qilgan fuqarolar janjallaşdi. Bir kişi piçoqlandi

Namangandagi kafeda ofitsiant qizga şilqimlik qilgan şaxslar va ularga qarşilik qilgan fuqarolar janjallaşdi. Bir kişi piçoqlandi

Namangan viloyati Mingbuloq tumanida joylaşgan kafeda işlovçi qizga şilqimlik qilgan şaxslar ularni bundan qaytargan fuqarolar bilan janjallaşib ketdi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Foto: Tergov departamenti

Qayd etilişiça, 2021 yilning 5 aprel kuni soat 21:00 larda 25 yoşli Ğ.I. 24 yoşli Q.A. va 22 yoşli E.J. Mingbuloq tumani «Kiçik Jomaşöy» mahallasida joylaşgan jamoat joyi hisoblangan «Vodiy» umumiy ovqatlaniş oşxonasida ularga xizmat körsatayotgan 19 yoşli Y.G. ismli qizga şilqimlik qilib, uning soçidan uşlab tortgan.

Foto: Tergov departamenti

Şuningdek, ularni tinçlantirmoqçi bölgan 31 yoşli B.Z.ni heç bir sababsiz urib döpposlagan va ularning bezorilik harakatlarining oldini olmoqçi bölgan 46 yoşli N.A. va 27 yoşli S.B.ga qarşilik körsatib, ularni ham urib, piçoq bilan S.B.ning son qismiga jarohat yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida B.Z. va N.A. «yengil» hamda S.B. «örtaça oğir» tan jarohatlari olgani körsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Ğ.I., Q.A. va E.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a, g» bandlari (bezorilik harakatlarining oldini oliş çorasini körgan boşqa fuqarolarga qarşilik körsatib, takroran sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, protsessual tartibda uşlangan.

Foto: Tergov departamenti

Tergov harakatlari jarayonida Ğ.I., Q.A. va E.J. uşbu umumiy ovqatlaniş oşxonasida ofitsiant bölib işlovçi Y.G.ni ular bilan birgalikda bir stolda ötirib, ovqatlanişga majburlab, turli uyatli xatti-harakatlar sodir etganliklari sababli uşbu jinoyat kelib çiqqanligi aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

×