Umra mavsumi qaçondan boşlanişi eʼlon qilindi

Umra mavsumi qaçondan boşlanişi eʼlon qilindi

Özbekistonliklar uçun yangi Umra mavsumi joriy yilning avgust oyidan boşlanadi. Bu haqda Özbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazi xabar berdi.

Qayd etilişiça, sönggi yillarda Umra safarlarini yuqori saviyada taşkil etiş, ziyoratçilarga sifatli va qulay xizmatlar körsatiş hamda ibodatlarni şariat talablariga muvofiq ado etiş işlari “Haj” va “Umra” markazi tomonidan amalga oşirib kelinmoqda.

Ziyoratçilar uçun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda. Dastur doirasida Toşkent-Jidda-Toşkent yönalişida töğridan töğri parvozlar amalga oşiriladi. Ziyoratçilar Madina şahrida 3 kun, Makka şahrida esa 7 kun böladi. Madina şahrida Nabaviy masjidi, “Ravza”, Qubo, Qiblatayn masjidlari va Uhud maydoniga ziyorat uyuştiriladi. Makka şahrida Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari, Nur va Savr toğlariga ziyorat böladi. Umra safari davomida ziyoratçilarga tajribali işçi guruh, imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali şifokorlar hamrohlik qilib, ziyorat va ibodatlar xotirjam ötişini taʼminlaydi.


Teglar:
×