Maktablarda 1-sinfga qabul qaçondan boşlanişi maʼlum qilindi

Maktablarda 1-sinfga qabul qaçondan boşlanişi maʼlum qilindi

15 iyundan Respublika umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul boşlanadi. Bu haqda AOKAda bölib ötgan brifingda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova maʼlum qildi.

Maʼlum qilinişiça, Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari tajriba-sinov tariqasida elektron şaklda amalga oşiriladi. Jarayon 2 bosqiçda böladi:

Birinçi bosqiçda ota-onalar 2021 yilning 15 iyunidan 5 iyuliga qadar my.maktab.uz elektron plaftormasi orqali röyxatdan ötib, farzandlari 1-sinfga çiqadigan maktablarni tanlaydilar.

Bunda ota-onalarga 3 ta maktabni tanlaş imkoniyati beriladi. Birinçi maktab-ota-ona doimiy istiqomat qilayotgan hududdagi maktab, yaʼni yaşaş manzili biriktirilgan mikrohududdagi maktab;

Ikkinçi va uçinçi maktablar - ota-onalarning ixtiyoriy tanlovi asosida farzandlarini qatnaşi uçun qulay bölgan maktablar.

Ikkinçi bosqiçda 2021 yilning 6 iyulidan 31 iyulga qadar ota-onalar elektron plaftorma orqali tanlagan birinçi maktabga, yaʼni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topşiradilar, bunda hujjatlarni topşiriş töliq elektron şaklda amalga oşiriladi. Ota-onalarning doimiy yaşaş manzili böyiça biriktirilgan mikrohududdagi maktabga joylaşişlari kafolatlanadi.

Agar ota-onalar mikrohudduddagi maktabni emas, boşqa maktablarni tanlagan bölsa, yaʼni elektron röyxatdan ötiş vaqtida tanlagan ikkinçi yoki uçinçi maktablarning birida böş örinlar bölgan taqdirda 1-15 avgust kunlari hujjatlarini topşirişlari mumkin böladi.

Qolgan hududlar (Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarning boşqa tuman (şahar)lari) umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul anʼanaviy şaklda, yaʼni bevosita maktabda amalga oşiriladi.

Qabul anʼanaviy şaklda amalga oşiriladigan hududlarda ota-onalar bevosita 2021 yilning 15 iyundan -15 iyulga qadar doimiy yaşaş manzili böyiça biriktirilgan mikrohududdagi maktabga farzandlarini 1-sinfga joylaştriş uçun hujjatlarini topşirişlari mumkin.

×