Özbekistonda 2025-2026-öquv yili uçun 1-sinfga qabul joriy yilning 20 iyunidan boşlanadi. Bu haqda Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqiçda amalga oşiriladi:
- 1-bosqiç: 20 iyundan 31 iyulgaça mikrohudud doirasida;
- 2-bosqiç: 1 avgustdan 15 avgustgaça mikrohududdan taşqarida.
1-sinfga qabul jarayonlari tuman (şaharlarda) elektron şaklda davlat xizmatlari orqali amalga oşiriladi. Bunda ota-onalar 20 iyundan boşlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali röyxatdan ötib, ariza topşirişi mumkin.
“Hurmatli ota-onalar, videoyöriqnoma bilan tanişib çiqing, unda my.maktab.uz platformasi orqali özingizga biriktirilgan maktabni qanday aniqlaşni bilib olişingiz mumkin”, deyiladi xabarda.
Davlat xizmatlari körsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan öquvçilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.
Qayd etiş joiz, “Taʼlim töğrisida”gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoşga töladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018 yilning 31 dekabriga qadar tuğilgan bolalar qabul qilinadi.









