Maktab öquvçilari uçun kuzgi taʼtil 4 noyabrdan boşlanadi. Bu haqda Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova QALAMPIR.UZ'ga maʼlum qildi.
Unga köra, maktab öquvçilari uçun I çorakning sönggi kuni 3 noyabrga töğri kelib, 4 noyabr kuni kuzgi taʼtilning ilk kuni sanaladi. Taʼtil 6 kalendar kun, yaʼni 9 noyabrgaça davom etadi. II çorak esa 10 noyabrdan boşlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yilgi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, öquvçilar uçun taʼtil kunlari quyidagiça belgilangan:
• kuzgi taʼtil – 4 noyabrdan boşlab 6 kalendar kun;
• qişqi taʼtil – 28 dekabrdan boşlab 14 kalendar kun;
• bahorgi taʼtil – 21 martdan boşlab 7 kalendar kun;
• yozgi taʼtil - oxirgi bosqiçli nazorat sinovi ötkazilgan kundan (bosqiçli nazorat ötkazilmaydigan sinflar uçun öquv yili tugagan kundan) boşlab 1 sentyabrgaça.
1-sinf öquvçilari uçun esa fevral oyi davomida qöşimça bir haftalik taʼtil belgilanadi.
Maʼlumot uçun, taʼtilning oxirgi kuni bayram (işlanmaydigan) kunga töğri kelib qolgan taqdirda, dars maşğulotlari keyingi iş kunidan boşlab davom ettiriladi. Bayram (işlanmaydigan) kunlariga töğri kelib qolgan dars maşğulotlarining mavzulari öquv dasturlarini ixçamlaştirgan holda keyingi dars maşğulotlarida ötkaziladi.









