Özbekistonda 1-sinfga qabul jarayoni qaçondan boşlanişi maʼlum qilindi

Özbekistonda 1-sinfga qabul jarayoni qaçondan boşlanişi maʼlum qilindi

Joriy yilning 6 iyulidan 2020-2021 öquv yili uçun umumtaʼlim maktablariga 1-sinf öquvçilarining qabul jarayoni boşlanmoqda.

Pandemiya şaroitini inobatga olgan holda, 1-sinfga öquvçilarning hujjatlari qabul qilinadi:

6-31 iyul kunlari biriktirilgan mikrohudud doirasida;

1-25 avgust kunlari maktablarning imkoniyatidan kelib çiqib mikrohududdan taşqari.

Şuningdek pandemiya şaroitida ota-onalarning maktablarda töplanib qolişini oldini oliş maqsadida Toşkent şahrida tajriba-sinov tariqasida ilk marotaba 1-sinfga boradigan öquvçilarning hujjat topşiriş jarayoni qabul.maktab.uz orqali (5 iyuldan) onlayn navbat asosida amalga oşiriladi. Dastur Toşkent şahrida muvaffaqiyatli tatbiq etilsa, keyingi öquv yilidan boşlab boşqa hududlarda ham bosqiçma-bosqiç joriy qilinadi.

1-sinfga qabul uçun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

1.Direktor nomiga ariza;

2.Bolaning tuğilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

3.Ota-onaning pasport nusxalari;

4.Bolaning soğliği töğrisida tibbiy maʼlumotnoma;

5.Bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati;

Tegişli yilning 31 avgustiga qadar 6,5 yoşga tölmagan, 1-sinfda öqiş istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumtaʼlim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda öqişga tayyorlaş böyiça tuşuntiriş işlari olib boriladi. Maktab yoşiga tölmagan bolani maktabga berib qiynagandan köra, maktabgaça tayyorlov taşkilotlariga yuborgan maʼqul ekanligini yana bir bor eslatib ötamiz.

Farzandingizni umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul qiliş bilan boğliq savollar, taklif va şikoyatlar yuzasidan tuman (şahar) xalq taʼlimi bölimlariga murojaat etiş mumkin.

Ota-onalardan maktablarga taşrif davomida karantin qoidalariga qatʼiy amal qiliş hamda ijtimoiy masofa saqlaş söraladi!

Maʼlumot uçun: 2020-2021 öquv yilida Respublika böyiça jami 650 116 nafar bola 1-sinfga qabul qilinişi rejalaştirilgan.

×