Toşkent va Namanganda ham öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilganlar uşlandi

Toşkent va Namanganda ham öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilganlar uşlandi

Toşkent şahri va Namangan viloyatida öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilib, 2 ming dollar pora olgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Qayd etilişiça, departamentning Uçtepa tumani bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. fuqaro Z.A.ning işonçiga kirib, göyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida Özbekiston davlat Xoreografiya akademiyasiga kiriş uçun ötkaziladigan ijodiy imtihondan yuqori ball olib berib, davlat granti asosida öqişga kiritib qöyişi evaziga 2 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, departamentning Norin tumani bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.V. fuqaro J.U.ning işonçiga kirib, uni Toşkent şahridagi xususiy universitetlardan biriga 3 kursdan öqişga kiritib qöyişi evaziga 2 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Bildirilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.


×