Namangan va Qoraqalpoğiston Respublikasi fuqarolardan haydovçilik guvohnomasini imtihonlarsiz, tezda olib berişni vaʼda qilib, pul olayotgan şaxslar uşlandi.
Birinçi: Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida Boş prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, «Vatanparvar» taşkilotining Namangan viloyati texnik va amaliy sport turlari markazi örgatuvçi ustasi X.M. fuqaro A.ga 15 kun muddatda 600 AQŞ dollari evaziga «B. C.» toifadagi haydovçilik guvohnomasini öquv maşğulotlariga qatnaşmasdan olib berişni vaʼda qilib, 300 AQŞ dollari va 3 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Ikkinçi: Qoraqalpoğiston Respublikasi Xöjayli tumanda ham aniqlandi. Boş prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bölimi va IIV xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, «Vatanparvar» taşkilotining Xöjayli tumani kengaşi örgatuvçi ustasi G.U. va fuqaro Yu.B.lar fuqaro S.ga haydovçilik guvohnomasini olib beriş evaziga 1,9 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlanganlar.
Uçinçi: Departamentning Nukus şahar bölimi tomonidan DXX hamda IIV bilan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Q.A. fuqaro A.ga göyoki Qoraqalpoğiston Respublikasi YHXBda işlovçi tanişlari orqali haydovçilik guvohnomasini olib beriş evaziga 3 mln sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









