Andijonda işga kiritib qöyişni vaʼda qilgan FVB xodimi uşlandi

Andijonda işga kiritib qöyişni vaʼda qilgan FVB xodimi uşlandi

Andijon viloyatining Baliqçi tumanida pora evaziga özgalarni işga kiritişni vaʼda qilgan Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimi uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, tumanning Favqulodda vaziyatlar bölimi inspektori xizmat mavqeidan foydalangan holda özganing işonçiga kirgan va mansabdor tanişlari orqali uning qarindoşini mazkur sohaga işga kiritib qöyiş evaziga 1800 AQŞ dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda inspektor söralgan pul mablağini tumandagi umumiy ovqatlaniş şoxobçalaridan birida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora beriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×