Amerika Qöşma Ştatlariga işga yuborişni vaʼda qilgan firibgarlar uşlandi.
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Töraqörğon tumani bölimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda fuqaro J.Y. fuqaro D.T.ning işonçiga kirib, uni aylanma yöllar orqali Amerika Qöşma Ştatlariga işga yuborişi evaziga 5 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Samarqand şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda esa fuqarolar M.R va RM. ikki nafar qöşnisi M.R va S.Rning işonçiga kirib, ularni Amerika Qöşma Ştatlariga işga yuborişi evaziga jami 18 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









