Toşkent viloyatida bangixona taşkil qilganlar uşlandi

Toşkent viloyatida bangixona taşkil qilganlar uşlandi

Toşkent viloyatida giyohvandlik vositalarini sotiş hamda isteʼmol qiliş uçun bangixona taşkil etganlar qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.


Maʼlum qilinişiça, Toşkent viloyatining Bekobod tumanida yaşovçi, muqaddam Jinoyat kodeksining 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) va 140-moddasi (haqorat qiliş) bilan sudlangan ayol 2025 yilning iyul oyida qöşni respublikaga borib, narkosavdogardan 1 kg “gaşiş” moddasini 6 ming dollarga sotib oliş va uni mamlakat hududidagi tegişli manzilga yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişgan.

Oradan maʼlum bir vaqt ötib, ayol WhatsApp messenjeri orqali giyohvandlik vositasi qoldirib ketilgan xufiya joy manzilini olgan.

Söngra muqaddam giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyatlari uçun sudlangan ikki tanişi bilan Bekobod şahri hududidagi dala maydoniga yöl olgan.

Biroq, ular giyohvandlik moddasini xufiya joydan olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Ekspertiza xulosasiga köra, giyohvandlik vositasining sof oğirligi 985 grammni taşkil etgan.

Tergov jarayonida ayol özining 1993 yilda tuğilgan jinoiy şerigi bilan birgalikda Bekobod şahridan ijaraga xonadon olib, u yerda giyohvandlik vositalarini sotiş hamda isteʼmol qiliş uçun bangixona taşkil etganliklari ham foş bölgan.

Jinoyat işlari böyiça Bekobod şahar sudining hukmiga köra, mazkur şaxslar Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 273-moddasi (giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga nisbatan 8 yil 3 oydan 10 yil 6 oy muddatgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.


Teglar:
×